QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят13

فَرَدَدْنَـٰهُ إِلَىٰٓ أُمِّهِۦ كَىْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ وَلِتَعْلَمَ أَنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni onasiga ko`zi quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasligi va, albatta, Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin ko`plari buni bilmaslar.Бас, Биз уни онасига кўзи қувончга тўлиши, хафа бўлмаслиги ва, албатта, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақ эканини билиши учун қайтардик. Лекин кўплари буни билмаслар.Alauddin Mansour: Shunday qilib, Biz (Musoning onasining) koʻzlari shodlanishi va gʻam chekmasligi uchun hamda Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishi uchun uni onasiga qaytardik. Lekin koʻp (odamlar Allohning vaʼdasi haq ekanini) bilmaydilar.Шундай қилиб, Биз (Мусонинг онасининг) кўзлари шодланиши ва ғам чекмаслиги учун ҳамда Аллоҳнинг ваъдаси ҳақ эканини билиши учун уни онасига қайтардик. Лекин кўп (одамлар Аллоҳнинг ваъдаси ҳақ эканини) билмайдилар.

386-sahifa · 20-juz · 39-hizb386-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَرَدَدْنَـٰهُbas, Biz uni qaytardikбас, Биз уни қайтардикإِلَىٰٓ-ga-гаأُمِّهِۦonasigaонасигаكَىْuchunучунتَقَرَّquvonchga toʻlishiқувончга тўлишиعَيْنُهَاuning koʻziунинг кўзиوَلَاva emasва эмасتَحْزَنَxafa boʻlmasligiхафа бўлмаслигиوَلِتَعْلَمَva bilishi uchunва билиши учунأَنَّalbattaалбаттаوَعْدَvaʼdasiваъдасиٱللَّهِAllohningАллоҳнингحَقٌّۭhaqdirҳақдирوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَهُمْularning koʻplariуларнинг кўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilmaslarбилмаслар
TafsirТафсир

Alloh taolo Oʻzining hikmatli tadbiri ila Muso alayhissalomni onalariga qaytarib berdi. Oyatda taʼkidlanishicha, bundan quyidagi uchta maqsad koʻzlangan edi:

1. Bas, Biz uni onasiga koʻzi quvonchga toʻlishi...»

Muso alayhissalom ila onalarining koʻzlari quvonishi. Oʻzi tuqqan farzandini bunday hodisalardan keyin yana qayta tirik holda koʻrgan har qanday onaning koʻzi quvonadi.

2. «...xafa boʻlmasligi...»

Onaning oʻgʻli Muso alayhissalom firoqi ila xafa boʻlmasligi. Har qanday ona ham jigargoʻshasi firoqidan xafa boʻlishi mumkin edi.

3. «...albatta, Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik».

Muso alayhissalomning onalari Allohning vaʼdasi haq ekanini bilishlari. Chunki, avval Alloh taolo u ayolga, Biz uni senga qaytarguvchimiz, deb vaʼda bergan edi. Ana oʻsha vaʼdasini haq ila amalga oshirdi. Ha, Alloh taolo nimani vaʼda qilsa, uni albatta bajaradi.

«Lekin koʻplari buni bilmaslar.»

Lekin kofirlar, mushriklar, munofiqlar va iymoni zaif koʻpgina odamlar bu haqiqatni bilmaydilar.

Shunday qilib, Muso alayhissalom oilalaridan ayrilmagan holda Firʼavnning qasrida tarbiya topa boshladilar.