وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَٱسْتَوَىٰٓ ءَاتَيْنَـٰهُ حُكْمًا وَعِلْمًا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki u voyaga yetib, mukammal bo`lganida, unga hikmat va ilmni berdik. Biz yaxshi amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.Қачонки у вояга етиб, мукаммал бўлганида, унга ҳикмат ва илмни бердик. Биз яхши амал қилгувчиларни шундай мукофотлармиз.Alauddin Mansour: Qachonki u voyaga yetib, (aqli) toʻlgach, Biz unga hikmat va bilim ato etdik. Biz chiroyli amal qilguvchi kishilarni mana shunday mukofotlarmiz.Қачонки у вояга етиб, (ақли) тўлгач, Биз унга ҳикмат ва билим ато этдик. Биз чиройли амал қилгувчи кишиларни мана шундай мукофотлармиз.
Biz «voyaga yetib» deb tarjima qilgan «balagʻa ashudda» iborasini arablar jismoniy jihatdan voyaga yetish, «mukammal boʻlganida» deb oʻgirgan «istavo» soʻzini aqliy jihatdan kamolga yetish, deb tushunadilar.
Hazrati Ibn Abbos roziyallohu anhu:
«Voyaga yetish oʻn sakkizdan oʻttiz yoshgacha, mukammal boʻlish oʻttizdan qirqqacha», degan ekanlar.
Ana shu maʼnolarni eʼtiborga olib, baʼzi tafsirchi ulamolarimiz, Muso alayhissalom ushbu oyatda vasf qilingan payti oʻttiz yoshlar atrofida boʻlganlar, deb taxmin qilishadi.
«Qachonki u voyaga yetib, mukammal boʻlganida, unga hikmat va ilmni berdik.»
Muso alayhissalom jismoniy, axloqiy va ruhoniy tomondan ana shunday mukammal holga yetganlarida, Alloh taolo u kishiga hikmat va ilm berdi. Ana shu marhamat zikridan keyin esa, Alloh taoloning:
«Biz yaxshi amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz», deganidan Muso alayhissalom avval ham yaxshi amallar qilganliklari kelib chiqadi.