وَدَخَلَ ٱلْمَدِينَةَ عَلَىٰ حِينِ غَفْلَةٍ مِّنْ أَهْلِهَا فَوَجَدَ فِيهَا رَجُلَيْنِ يَقْتَتِلَانِ هَـٰذَا مِن شِيعَتِهِۦ وَهَـٰذَا مِنْ عَدُوِّهِۦ ۖ فَٱسْتَغَـٰثَهُ ٱلَّذِى مِن شِيعَتِهِۦ عَلَى ٱلَّذِى مِنْ عَدُوِّهِۦ فَوَكَزَهُۥ مُوسَىٰ فَقَضَىٰ عَلَيْهِ ۖ قَالَ هَـٰذَا مِنْ عَمَلِ ٱلشَّيْطَـٰنِ ۖ إِنَّهُۥ عَدُوٌّ مُّضِلٌّ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u shaharga uning aholisi g`aflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini ko`rdi. Bunisi o`z guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, o`z guruhidan bo`lgan dushman bo`lganga qarshi undan yordam so`radi. Shunda Muso uni bir musht urib o`ldirib qo`ydi. U(Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yo`ldan ozdirguvchidir», dedi.Ва у шаҳарга унинг аҳолиси ғафлатдалик пайтда кирди. Унда уришаётган икки кишини кўрди. Буниси ўз гуруҳидан, униси эса, душманларидан эди. Бас, ўз гуруҳидан бўлган душман бўлганга қарши ундан ёрдам сўради. Шунда Мусо уни бир мушт уриб ўлдириб қўйди. У(Мусо): «Бу шайтоннинг ишидир. Албатта, у очиқ-ойдин душман ва йўлдан оздиргувчидир», деди.Alauddin Mansour: (Kunlardan birida Muso) shaharga uning aholisi gʻaflatda boʻlgan (peshin) paytida kirgan edi, unda ikki kishi urushayotganini koʻrdi. (Ulardan) biri oʻz guruhidan (yaʼni, Bani Isroil qavmidan) va biri dushmanidan (yaʼni, Qibtiylardan) edi. (Bas, Musoning) guruhidan boʻlgan kishi undan dushman tomondan boʻlgan kimsaga qarshi yordam soʻradi. Shunda Muso bir musht urib uni oʻldirib qoʻydi. (Soʻng qilib qoʻygan ishidan pushaymon boʻlib), dedi: «Bu shaytonning ishidandir. Albatta, u yoʻldan urguvchi ochiq dushmandir».(Кунлардан бирида Мусо) шаҳарга унинг аҳолиси ғафлатда бўлган (пешин) пайтида кирган эди, унда икки киши урушаётганини кўрди. (Улардан) бири ўз гуруҳидан (яъни, Бани Исроил қавмидан) ва бири душманидан (яъни, Қибтийлардан) эди. (Бас, Мусонинг) гуруҳидан бўлган киши ундан душман томондан бўлган кимсага қарши ёрдам сўради. Шунда Мусо бир мушт уриб уни ўлдириб қўйди. (Сўнг қилиб қўйган ишидан пушаймон бўлиб), деди: «Бу шайтоннинг ишидандир. Албатта, у йўлдан ургувчи очиқ душмандир».
Kunlardan bir kuni safardan qaytgan Muso alayhissalom:
«Shaharga uning aholisi gʻaflatdalik paytda kirdi».
Shahardan murod poytaxtdir. Shahar aholisi gʻaflatda boʻladigan payt esa, tush vaqtidir. Issiq yurtlarda, jumladan, Misrda ham tush payti shahar va qishloq aholisi kunduzgi uyquda boʻladilar. Aholisi gʻaflat uyqusida yotgan paytda shaharga kirib kelgan Muso alayhissalom:
«Unda urishayotgan ikki kishini koʻrdi. Bunisi oʻz guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi».
Muso alayhissalom biri oʻz qavmi–Bani Isroildan, ikkinchisi dushman–Firʼavn qavmidan boʻlgan ikki kishining urishayotganini koʻrdilar.
«Bas, oʻz guruhidan boʻlgani dushman boʻlganga qarshi undan yordam soʻradi.»
Bani isroillik kishi Muso alayhissalomdan qibtiyga qarshi yordam soʻradi. Shundan koʻrinib turibdiki, Muso alayhissalom qavmlari ichidagi nochorlarga har doim yordam berib yurganlar. Shuning uchun ham, haligi bani isroillik u zotni koʻrishi bilan darhol yordam soʻradi. Muso alayhissalom rozi boʻldilar. Qibtiyga yaqin bordilar va:
«Shunda Muso uni bir musht urib oʻldirib qoʻydi».
Bu hol Muso alayhissalom yosh va juda baquvvat boʻlganlarini koʻrsatadi. Katta odamni bir musht bilan oʻldirib qoʻyish oson emas.
Muso alayhissalom qibtiyni umuman oʻldirmoqchi emas edilar. Uning oʻlib qolganini koʻrib qattiq afsuslandilar.
«U(Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yoʻldan ozdirguvchidir», dedi.»
Muso alayhissalom bu koʻngilsiz ishni shaytonga nisbat berdilar va shayton inson uchun ochiq-oydin dushman hamda yoʻldan ozdiruvchi ekanini taʼkidladilar. Ayni choqda: