قَالَ رَبِّ إِنِّى ظَلَمْتُ نَفْسِى فَٱغْفِرْ لِى فَغَفَرَ لَهُۥٓ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, albatta, men o`zimga zulm qildim. Bas, meni mag`firat qil», dedi. Shunda U zot uni mag`firat qildi. Albatta, Uning O`zi mag`firat qilguvchi, mehribondir.У: «Эй Роббим, албатта, мен ўзимга зулм қилдим. Бас, мени мағфират қил», деди. Шунда У зот уни мағфират қилди. Албатта, Унинг Ўзи мағфират қилгувчи, меҳрибондир.Alauddin Mansour: (Keyin Allohga iltijo qilib), dedi: «Parvardigorim, darhaqiqat, men oʻz jonimga jabr qilib qoʻydim. Endi Oʻzing meni magʻfirat qilgin». Bas, (Alloh) uni magʻfirat qildi. Albatta Uning Oʻzigina magʻfirat qilguvchi, mehribondir.(Кейин Аллоҳга илтижо қилиб), деди: «Парвардигорим, дарҳақиқат, мен ўз жонимга жабр қилиб қўйдим. Энди Ўзинг мени мағфират қилгин». Бас, (Аллоҳ) уни мағфират қилди. Албатта Унинг Ўзигина мағфират қилгувчи, меҳрибондир.
Muso alayhissalom bexosdan birovning oʻlimiga sabab boʻlishlarini oʻzlariga oʻzlari zulm qilganlik deb baholadilar va Alloh taologa iltijo etib:
«Ey Robbim, albatta, men oʻzimga zulm qildim. Bas, meni magʻfirat qil», dedi.
Banda xatosiga iqror boʻlib, Allohdan chin qalbdan magʻfirat soʻrasa, Alloh uni darhol kechiradi. Muso alayhissalom ham magʻfirat soʻradilar.
«Shunda U zot uni magʻfirat qildi. Albatta, Uning Oʻzi magʻfirat qilguvchi, mehribondir.»
Undan oʻzga hech kimning bandalarni magʻfirat qilishga haqqi yoʻq.