فَأَصْبَحَ فِى ٱلْمَدِينَةِ خَآئِفًا يَتَرَقَّبُ فَإِذَا ٱلَّذِى ٱسْتَنصَرَهُۥ بِٱلْأَمْسِ يَسْتَصْرِخُهُۥ ۚ قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰٓ إِنَّكَ لَغَوِىٌّ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, u ertalab shaharda qo`rqqan holida, alanglab ketayotgan edi, birdan, kecha undan yordam so`ragan yana yordam so`rab qichqirib qoldi. Muso unga: «Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan», dedi.Бас, у эрталаб шаҳарда қўрққан ҳолида, аланглаб кетаётган эди, бирдан, кеча ундан ёрдам сўраган яна ёрдам сўраб қичқириб қолди. Мусо унга: «Албатта, сен очиқ-ойдин гумроҳсан», деди.Alauddin Mansour: Bas, u erta tongda shaharda qoʻrquvga tushib, (biron kori holga) koʻz tutgan holda ketayotgan edi, banogoh kecha undan yordam soʻragan (Bani Isroil qavmidan boʻlgan) kimsa yana (bir Qibtiy bilan urushayotganini va yana) uni yordamga chaqirayotganini (koʻrdi). Muso unga dedi: «Darhaqiqat, sen aniq gumrohdirsan».Бас, у эрта тонгда шаҳарда қўрқувга тушиб, (бирон кори ҳолга) кўз тутган ҳолда кетаётган эди, баногоҳ кеча ундан ёрдам сўраган (Бани Исроил қавмидан бўлган) кимса яна (бир Қибтий билан урушаётганини ва яна) уни ёрдамга чақираётганини (кўрди). Мусо унга деди: «Дарҳақиқат, сен аниқ гумроҳдирсан».
Koʻngilsiz voqea boʻlgan kunning ertasiga Muso alayhissalom qilmishlarining oqibatini oʻylab:
«ertalab shaharda qoʻrqqan holida, alanglab ketayotgan edi...»
Muso alayhissalom tavba qilib, tavbalari qabul boʻlgan, endi unday ishlarni takrorlamaslikka ahd etgan boʻlsalar ham, baribir, odamlardan, aniqrogʻi, Firʼavn va uning qavmidan bu hodisaga aks-sado kelishidan xavflari bor edi. Shuning uchun ham, ertasi ertalab, biror xabar tarqalmadimikan, deb qoʻrqqan hollarida, atrofga alanglab, har bir narsadan hadiksirab borar edilar...
«...birdan, kecha undan yordam soʻragan yana yordam soʻrab qichqirib qoldi».
Kecha qibtiy bilan urishayotib Muso alayhissalomni yordamga chaqirgan bani isroillik bugun yana boshqa bir qibtiy bilan urishayotgan ekan, u Muso alayhissalomdan yana yordam soʻrab qichqirib qoldi. Kechagi voqeadan taʼsirlanib, uning oqibati nima boʻlar ekan, deb hadiksirab borayotgan Muso alayhissalom bu holni koʻrib va chaqiriqni eshitib, urishqoq qavmdoshlaridan xafa boʻldilar va:
«Muso unga: «Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan», dedi».
Sening hadeb janjal chiqaraverishingning oʻzi gumrohligingdandir, bunday ishlar nafaqat senga, balki umuman qavmimizga yaxshilik keltirmaydi, kecha boʻlar ish boʻlgan edi, endi bunisi nima, demoqchi edilar. Shunday boʻlsa-da, mazlum xalqining mazlum vakiliga zolimlarga qarshi yana bir bor yordam bermoqchi boʻldilar va: