وَأَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنٌّ وَلَّىٰ مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَـٰمُوسَىٰٓ أَقْبِلْ وَلَا تَخَفْ ۖ إِنَّكَ مِنَ ٱلْـَٔامِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va asoingni tashla», deb nido qilindi. Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini ko`rgach, qaramasdan ortga qochdi. «Ey Muso, beri kel, qo`rqma, albatta, sen omonlikdagilardansan.Ва асоингни ташла», деб нидо қилинди. Қачонки унинг катта илон каби қимирлаётганини кўргач, қарамасдан ортга қочди. «Эй Мусо, бери кел, қўрқма, албатта, сен омонликдагилардансан.Alauddin Mansour: Asoingni (yerga) tashlagin!» Bas, qachon (Muso) uni ilondek qimirlaganini koʻrgach, ortiga qaramay qochdi. «Ey Muso, kel, qoʻrqmagin. Zero, sen (xavfu-xatardan) omonda boʻlguvchi kishilardandirsan.Асоингни (ерга) ташлагин!» Бас, қачон (Мусо) уни илондек қимирлаганини кўргач, ортига қарамай қочди. «Эй Мусо, кел, қўрқмагин. Зеро, сен (хавфу-хатардан) омонда бўлгувчи кишилардандирсан.
Muso alayhissalom olovning yoniga yetib borsalar, kutilmaganda,
«vodiyning oʻng tomonidan, muborak joydan, daraxtdan» u kishiga nido keldi. Nido juda ajoyib edi.
«Ey Muso, albatta, Men, Oʻzim olamlarning Robbi Allohdirman», deb nido qilindi.
Bu hol, haqiqatan ajoyib edi. Bepoyon sahrodagi togʻning oʻng tomonida, muborak bir joyda Alloh taolo farishtani ham oʻrtaga qoʻymay, Muso alayhissalomga bevosita Oʻzi nido qilmoqda. Bu joy haqiqatan ham muborak bir joy edi. Bu payt, shubhasiz, muborak bir payt edi. Bu nido, haqiqatan ham muborak bir nido edi.
Muso alayhissalom kutilmagan nidoni darhol oʻzlariga singdirib olishlari qiyin edi. Yana nido davom etib, endi:
«Asoingni tashla», deb xitob qilindi.
Muso alayhissalomning qoʻllarida asolari bor edi. Bu buyruqni eshitgach, asoni yerga tashladilar.
«Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini koʻrgach, qaramasdan ortga qochdi.»
Bunisi yana ham kutilmagan hol. Qoʻllaridagi qattiq tayoqdan yasalgan, uzoq muddatdan buyon oʻzlari koʻtarib yurgan aso birdan katta ilon boʻlib harakatga keldi. Shiddat bilan javlon urib, atrofda yura boshladi. Ilonni, ayniqsa, katta ilonni koʻrishga tayyor turgan odam ham uni koʻrganda seskanadi, oʻzini olib qochadi. Endi kutilmaganda, qoʻlidagi tanish asosi birdan katta ilonga aylanib javlon ura boshlagan paytda Muso alayhissalom qanday holga tushganlarini tasavvur qilish qiyin emas. U kishi:
«qaramasdan ortga qochdi».
U kishi asodan paydo boʻlgan ilonning oldiga borib, unga qarab mohiyatini aniqlashga urinmadilar, balki seskanib ortga qochdilar. Shunda nido yana davom etdi:
«Ey Muso, beri kel, qoʻrqma, albatta, sen omonlikdagilardansan».
Qochma, beri kel, bu ilondan qoʻrqma, u senga yomonlik yetkazmaydi. Albatta, sen turli xavf-xatardan omonda boʻlgan odamlardansan, deyildi.
Soʻngra yana nido davom etdi: