QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят33

قَالَ رَبِّ إِنِّى قَتَلْتُ مِنْهُمْ نَفْسًا فَأَخَافُ أَن يَقْتُلُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, men ulardan bir jonni o`ldirganman, ular meni o`ldirishlaridan qo`rqaman.У: «Эй Роббим, мен улардан бир жонни ўлдирганман, улар мени ўлдиришларидан қўрқаман.Alauddin Mansour: (Muso) dedi: «Parvardigorim, men ulardan bir jonni oʻldirib qoʻyganman. Va ular meni oʻldirishlaridan qoʻrqurman.(Мусо) деди: «Парвардигорим, мен улардан бир жонни ўлдириб қўйганман. Ва улар мени ўлдиришларидан қўрқурман.

389-sahifa · 20-juz · 39-hizb389-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиرَبِّey Robbimэй Роббимإِنِّىalbatta, menалбатта, менقَتَلْتُoʻldirganmanўлдирганманمِنْهُمْulardanуларданنَفْسًۭاbir jonniбир жонниفَأَخَافُbas, qoʻrqurmanбас, қўрқурманأَن(ki)(ки)يَقْتُلُونِmeni oʻldirishlaridanмени ўлдиришларидан
TafsirТафсир

Muso alayhissalomning ushbu mulohazalari oʻz shaxsi haqida oʻylash, oʻzini ehtiyot qilish, oʻlimdan yoki yolgʻonchi boʻlishdan xavfsirash emas edi. Bunday boʻlganida Alloh u kishini paygʻambarlikka tanlamagan boʻlardi. Muso alayhissalomning bu mulohazalari dinu diyonat, daʼvatning taqdiri haqida qaygʻurishdir. U kishi boshidan kechirgan shaxs sifatida yaxshi bilar edilarki, eng avvalo, daʼvatning, dinu diyonatning tashvishini qilish kerak. Chunki, u kishiga berilgan daʼvat endigina birinchi odimlarini otmoqda. Agar u kishidan boshqa odam xabardor boʻlmay turib, Muso alayhissalom halok boʻlib ketsalar, nima boʻladi? Muso alayhissalom daʼvat yoʻlida oʻlishga tayyorlar, ammo daʼvat oʻlmasin.

Mazkur mulohazalarni aytishlariga sabab ham shu.

«U: «Ey Robbim, men ulardan bir jonni oʻldirganman, ular meni oʻldirishlaridan qoʻrqurman», dedilar.

Men ulardan bani isroillik bilan urishayotgan qibtiyni bilmasdan, noxosdan oʻldirib qoʻyganman. Firʼavn aʼyonlari meni oʻldirish uchun til biriktirayotganlarida qochib ketganman. Endi yana kirib borsam, ularning eski adovati qoʻzib meni oʻldirib qoʻysalar, diniy daʼvat ishi nima boʻladi, deb qoʻrqaman.

«Birodarim Horun mendan koʻra tili burroroq, uni ham men bilan yubor, meni tasdiqlaydir.»

Mening tilimda bir oz duduqlik bor, ogʻam Horun esa, tili burro odam. Kofirlar bilan tortishuvlarda ish beradi. Uni ham men bilan birga Paygʻambar qilib yubor. U ham men bilan birga Paygʻambar boʻlib, meni tasdiqlasin.

«Zero, ular meni yolgʻonchi qilishlaridan qoʻrqurman», dedi.»

Shunda: