QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят35

قَالَ سَنَشُدُّ عَضُدَكَ بِأَخِيكَ وَنَجْعَلُ لَكُمَا سُلْطَـٰنًا فَلَا يَصِلُونَ إِلَيْكُمَا ۚ بِـَٔايَـٰتِنَآ أَنتُمَا وَمَنِ ٱتَّبَعَكُمَا ٱلْغَـٰلِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Biz seni og`ang bilan quvvatlaymiz va ikkovingizga bir saltanat berurmizki, ular sizga yetisha olmaslar. Bizning oyatlarimiz ila ikkingiz va sizga ergashganlar g`olibdirsiz», dedi.У зот: «Биз сени оғанг билан қувватлаймиз ва икковингизга бир салтанат берурмизки, улар сизга етиша олмаслар. Бизнинг оятларимиз ила иккингиз ва сизга эргашганлар ғолибдирсиз», деди.Alauddin Mansour: (Alloh) aytdi: «Biz seni ogʻang bilan quvvatlantirurmiz va ikkingiz uchun saltanat (yaʼni, gʻalaba ato) qilurmiz. Bas, ular sizlarga (biron ziyon) yetkaza olmaslar. Bizning oyat-moʻʼjizalarimiz bilan sizlar ham, sizlarga ergashgan kishilar ham gʻolib boʻlguvchidirlar».(Аллоҳ) айтди: «Биз сени оғанг билан қувватлантирурмиз ва иккингиз учун салтанат (яъни, ғалаба ато) қилурмиз. Бас, улар сизларга (бирон зиён) етказа олмаслар. Бизнинг оят-мўъжизаларимиз билан сизлар ҳам, сизларга эргашган кишилар ҳам ғолиб бўлгувчидирлар».

389-sahifa · 20-juz · 39-hizb389-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиسَنَشُدُّquvvatlaymizқувватлаймизعَضُدَكَbilagingni (seni)билагингни (сени)بِأَخِيكَogʻang bilanоғанг биланوَنَجْعَلُva berurmizва берурмизلَكُمَاikkovingizgaикковингизгаسُلْطَـٰنًۭاbir saltanatбир салтанатفَلَاbas, emasбас, эмасيَصِلُونَyetishalarетишаларإِلَيْكُمَا ۚsizgaсизгаبِـَٔايَـٰتِنَآoyatlarimiz ilaоятларимиз илаأَنتُمَاikkingizиккингизوَمَنِva kimsalarва кимсаларٱتَّبَعَكُمَاsizga ergashganсизга эргашганٱلْغَـٰلِبُونَgʻolibdirsizғолибдирсиз
TafsirТафсир

Alloh taolo Muso alayhissalomga soʻraganlaridan ham oshirib berdi. Muso alayhissalom ogʻalari Horun alayhissalomni ham yordamchi Paygʻambar qilib yuborishini soʻragan edilar. Alloh taolo:

«Biz seni ogʻang bilan quvvatlaymiz», dedi va Horunni Paygʻambar etib, Muso alayhissalomga soʻraganlarini ato qildi.

«Va ikkovingizga bir saltanat berurmizki, ular sizga yetisha olmaslar», deyish bilan esa, ortiqcha kuch-quvvat berganini, Firʼavn va uning odamlari ularga biron ziyon yetkaza olmasliklarini ham taʼkidladi.

Soʻngra Alloh oxir-oqibat natija nima boʻlishini ham aytib qoʻydi:

«Bizning oyatlarimiz ila ikkingiz va sizga ergashganlar gʻolibdirsiz», dedi».

Shunday qilib, birovning mardikor choʻponi boʻlib yurgan Muso alayhissalom ulul azm (ulugʻ) Paygʻambarga aylandilar. Ulkan bir xalqni ozod qilish, katta bir dinni tatbiq etishga kirishdilar.

Demak, Muso va Horun alayhissalomlar hamda ularga ergashganlar gʻolib boʻlishlari turgan gap. Falabaga erishish uchun Allohning oyatlari bilan harakat qilinsa, bas. Shunday harakat boʻldi ham.