فَلَمَّا جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِـَٔايَـٰتِنَا بَيِّنَـٰتٍ قَالُوا۟ مَا هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّفْتَرًى وَمَا سَمِعْنَا بِهَـٰذَا فِىٓ ءَابَآئِنَا ٱلْأَوَّلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qachonki Muso ularga ochiq-oydin oyatlarimiz ila kelganida, ular: «Bu uydirma sehrdan boshqa narsa emas. Avvalgi ota-bobolarimizdan ham bu haqda eshitmagan edik», dedilar.Бас, қачонки Мусо уларга очиқ-ойдин оятларимиз ила келганида, улар: «Бу уйдирма сеҳрдан бошқа нарса эмас. Аввалги ота-боболаримиздан ҳам бу ҳақда эшитмаган эдик», дедилар.Alauddin Mansour: Endi qachonki Muso ularga Bizning aniq-ravshan oyat-moʻʼjizalarimizni keltirgach, ular: «Bu hech narsa emas, magar uydirma-sehrdir. Bizlar bu narsani oʻtgan ota-bobolarimiz (zamoni)da boʻlganini ham eshitgan emasmiz», dedilar.Энди қачонки Мусо уларга Бизнинг аниқ-равшан оят-мўъжизаларимизни келтиргач, улар: «Бу ҳеч нарса эмас, магар уйдирма-сеҳрдир. Бизлар бу нарсани ўтган ота-боболаримиз (замони)да бўлганини ҳам эшитган эмасмиз», дедилар.
Muso alayhissalom Firʼavn va uning qavmiga kelib, Allohning oyat-moʻʼjizalarini koʻrsatganlarida, ular iymon keltirib u kishiga ergashish oʻrniga:
«Bu uydirma sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.
Koʻzlariga koʻrinib turgan moʻʼjizani koʻzboʻyamachilik, sehrdan oʻzga narsa emas, u uydirmadir, dedilar. Allohning Paygʻambariga qarshi, Allohning moʻʼjizalariga qarshi bunday gapni aytishga biror dalil-hujjatlari bormidi? Albatta, yoʻq edi. Agar dalil va hujjatlari boʻlganida, aytar edilar. Shuning uchun ham, ular:
«Avvalgi ota-bobolarimizdan ham bu haqda eshitmagan edik», dedilar.
Ota-bobolaridan eshitmaganlari uchun Allohning Paygʻambarini yolgʻonchi qilib, moʻʼjizasani sehr deyishlari toʻgʻrimi?! Ularning ota-bobolari kim edi oʻzi? Dunyoning oxirigacha boʻladigan narsalarni koʻrsatib ketishganmi?!
Ularning bu tuhmatlariga Muso alayhissalom yetarli javob berdilar.