وَقَالَ مُوسَىٰ رَبِّىٓ أَعْلَمُ بِمَن جَآءَ بِٱلْهُدَىٰ مِنْ عِندِهِۦ وَمَن تَكُونُ لَهُۥ عَـٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ۖ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّـٰلِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Muso: «Robbim O`z huzuridan kim hidoyat keltirganini ham, oxirat diyori oqibati kimga bo`lishini ham yaxshi bilguvchi Zotdir. Albatta, zolimlar najot topmaslar», dedi.Ва Мусо: «Роббим Ўз ҳузуридан ким ҳидоят келтирганини ҳам, охират диёри оқибати кимга бўлишини ҳам яхши билгувчи Зотдир. Албатта, золимлар нажот топмаслар», деди.Alauddin Mansour: Muso aytdi: «Parvardigorim kim Oʻzining huzuridan hidoyat keltirganini ham, Oxirat diyoridagi oqibat kimning foydasiga boʻlishini ham juda yaxshi bilguvchidir. Albatta zolim kimsalar najot topmas».Мусо айтди: «Парвардигорим ким Ўзининг ҳузуридан ҳидоят келтирганини ҳам, Охират диёридаги оқибат кимнинг фойдасига бўлишини ҳам жуда яхши билгувчидир. Албатта золим кимсалар нажот топмас».
Yaʼni, kimni hidoyat ila Paygʻambar qilib yuborish Alloh taoloning ishi. Mening Paygʻambarligimni siz tan olmasangiz ham, Allohning Oʻzi yaxshi biladi. Sizning inkoringiz bilan ish oʻzgarib qolmaydi.
Shuningdek, Alloh taolo xayrli oqibat va najotni Paygʻambarlar va ularga ergashgan moʻminlarga beradi.
«Albatta, zolimlar najot topmaslar», dedi.»
Albatta, kufr keltirib, Allohning Paygʻambarini inkor etib, Allohning oyat-moʻʼjizalarini sehr deb zulm qilganlar najot topmaslar, dedilar.
Shu yerga kelganda gapga Firʼavn aralashadi.