وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَأُ مَا عَلِمْتُ لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرِى فَأَوْقِدْ لِى يَـٰهَـٰمَـٰنُ عَلَى ٱلطِّينِ فَٱجْعَل لِّى صَرْحًا لَّعَلِّىٓ أَطَّلِعُ إِلَىٰٓ إِلَـٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّى لَأَظُنُّهُۥ مِنَ ٱلْكَـٰذِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Fir'avn: «Ey, a'yonlar, men sizlarga o`zimdan boshqa iloh borligini bilmasman. Bas, ey, Homon, loyga o`t yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini ko`rsam. Albatta, men uni yolg`onchilardan deb o`ylamoqdaman», dedi.Ва Фиръавн: «Эй, аъёнлар, мен сизларга ўзимдан бошқа илоҳ борлигини билмасман. Бас, эй, Ҳомон, лойга ўт ёқиб, мен учун бир баланд қаср қур, шоядки (унга чиқиб) Мусонинг илоҳини кўрсам. Албатта, мен уни ёлғончилардан деб ўйламоқдаман», деди.Alauddin Mansour: Firʼavn: «Ey odamlar, men sizlar uchun oʻzimdan boshqa biron iloh borligini bilgan emasman. Bas, sen, ey Homon, loyni pishirib, (gʻisht quyib) men uchun bir baland qasr bino qil, shoyadki men (uning ustiga chiqib) Musoning xudosini koʻrsam. Albatta, men uni yolgʻonchi kimsalardan deb oʻylamoqdadirman», dedi.Фиръавн: «Эй одамлар, мен сизлар учун ўзимдан бошқа бирон илоҳ борлигини билган эмасман. Бас, сен, эй Ҳомон, лойни пишириб, (ғишт қуйиб) мен учун бир баланд қаср бино қил, шоядки мен (унинг устига чиқиб) Мусонинг худосини кўрсам. Албатта, мен уни ёлғончи кимсалардан деб ўйламоқдадирман», деди.
Muso alayhissalomning Paygʻambar boʻlib kelib, Firʼavn shaxsiga sigʻinayotgan odamlarni Allohga ibodat qilishga, Uning koʻrsatmalari boʻyicha yashashga chaqirishlari Firʼavnni tashvishga soldi. U shoshilinch ravishda oʻzining xudolik daʼvosini takrorladi.
«Va Firʼavn: «Ey, aʼyonlar, men sizlarga oʻzimdan boshqa iloh borligini bilmasman», dedi.
Yaʼni, dunyoda sizlarning ibodatingizga mendan boshqa sazovor zot yoʻq, dedi. Soʻngra oʻta beodoblarcha, Muso alayhissalom vasf qilayotgan Alloh taoloning yoʻqligini oʻzicha isbotlamoqchi boʻlib, istehzo va masxara yoʻli bilan vaziriga:
«Bas, ey, Homon, loyga oʻt yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini koʻrsam», deb xitob qildi.
Xudolik daʼvosida boʻlgan ahmoq firʼavnlar oʻylamay, ogʻziga nima kelsa gapiraveradi. Vaziriga nimani xohlasa, buyuraveradi. Homon loyga oʻt yoqib gʻisht pishirib, oʻta baland qasr qurarmish, Firʼavn unga chiqib, osmonda Allohni koʻrar emish. Alloh osmonda sening chiqishingga qarab turadigan zotmidi?! Senga oʻxshagan iflos Allohning dargohiga bora olarmidi?! Osmon senga oʻxshash bandalar uchun Alloh taolo tomonidan yaratilgan bir narsa-ku, nima uchun Allohni osmon bilan chegaralab qoʻymoqchisan?! Ushbu savollar ham oʻzini xudo sanayotgan Firʼavning naqadar esi past ekanini tushunishga yordam beradi. Oʻsha esi past maxluq oʻzining ahmoqona gapi bilan Alloh yuborgan Paygʻambar Muso alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarmoqda:
«Albatta, men uni yolgʻonchilardan deb oʻylamoqdaman», dedi».
Qissaning boshqa suralarda kelgan mashhur parchasi bu yerda zikr qilinmaydi. Chunki «Qosos» surasining siyoqi shuni taqozo etadi. Qurʼon qissalarining ajoyibligi ham shunda. Hatto, sirtdan aynan takrorga oʻxshab koʻringan joylarda ham, baʼzi soʻz va qarorlarda oʻzgarishlar boʻladi. Bularning hammasi behikmat emas.
«Qosos» surasida tushirib qoldirilgan parcha Muso alayhissalom bilan sehrgarlar orasidagi muboraza boʻlib, oʻtgan suralardan uning tafsilotlarini bilib olganmiz. Bu surai sharifada esa, keyingi oyatlardan qissaning oxiriga oʻtib ketiladi: