وَٱسْتَكْبَرَ هُوَ وَجُنُودُهُۥ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُمْ إِلَيْنَا لَا يُرْجَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(Fir'avn) va uning askarlari yer yuzida nohaqdan takabburlik qildilar hamda o`zlarini Bizga qaytarilmaslar deb gumon qildilar.У(Фиръавн) ва унинг аскарлари ер юзида ноҳақдан такаббурлик қилдилар ҳамда ўзларини Бизга қайтарилмаслар деб гумон қилдилар.Alauddin Mansour: U (Firʼavn) ham, uning lashkarlari ham (iymon keltirmasliklari bilan) Yer yuzida nohaq kibru-havo qildilar va oʻzlarini Bizga qaytarilmaydilar, deb gumon qildilar.У (Фиръавн) ҳам, унинг лашкарлари ҳам (иймон келтирмасликлари билан) Ер юзида ноҳақ кибру-ҳаво қилдилар ва ўзларини Бизга қайтарилмайдилар, деб гумон қилдилар.
Firʼavn juda katta mutakabbir edi. U nafaqat kofir, balki xudolik daʼvosini qilgan, odamlarga «Men sizlarga oʻzimdan boshqa iloh borligini bilmasman» deyishga jurʼat etgan nobakor edi. Uning askarlari esa, oʻsha nobakorga va uning nohaq yoʻliga xizmat qildilar. Ular boʻlmasa, Firʼavn oʻzining nohaq takabburi, zulm va istibdodini oʻtkaza olmas edi. Shu bilan birga, Firʼavn va uning askarlari:
«oʻzlarini Bizga qaytarilmaslar, deb gumon qildilar».
Hamma balo shundaki, ular qiyomatga, vaqti-soati kelib Allohning huzuriga qaytib borishlariga, qilmishlariga javob berishlariga ishonmas edilar.
Lekin dunyoning ishi ular oʻylaganidek emas, Alloh xohlaganidek boʻladi.