فَأَخَذْنَـٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَـٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni va uning askarlarini tutdik va dengizga otdik. Endi zolimlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar sol.Бас, Биз уни ва унинг аскарларини тутдик ва денгизга отдик. Энди золимларнинг оқибати қандоқ бўлганига назар сол.Alauddin Mansour: Bas, Biz uni va lashkarlarini ushladik-da, dengizga tashladik. Endi siz u zolim kimsalarning oqibati qanday boʻlganini koʻring.Бас, Биз уни ва лашкарларини ушладик-да, денгизга ташладик. Энди сиз у золим кимсаларнинг оқибати қандай бўлганини кўринг.
Oxir-oqibat Alloh taolo Firʼavnni ham, uning askarlarini ham azoblab, Qizil dengizga gʻarq qildi. Ushbu hol oyati karimada «Bas, Biz uni va uning askarlarini tutdik va dengizga otdik», deb vasf qilinmoqda. Yaʼni, xuddi bir tosh yoki kesakni eʼtiborsizlik bilan suvga otishga oʻxshatilmoqda. «Endi zolimlarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar sol.» Ular suvga gʻarq boʻlib, xoru zor holida oʻldilar. Biz ularning azobini shu bilan tugatib qoʻymadik.