وَأَتْبَعْنَـٰهُمْ فِى هَـٰذِهِ ٱلدُّنْيَا لَعْنَةً ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ هُم مِّنَ ٱلْمَقْبُوحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va bu dunyoda ularga la'natni ergashtirib qo`ydik. Qiyomat kuni esa, ular (rahmatdan) yiroq qilinganlardandir.Ва бу дунёда уларга лаънатни эргаштириб қўйдик. Қиёмат куни эса, улар (раҳматдан) йироқ қилинганлардандир.Alauddin Mansour: Biz bu dunyoda ham ularga laʼnatni ergashtirdik. Qiyomat Kunida ham ular (Bizning rahmatimizdan) yiroq qilinguvchi kimsalardandirlar.Биз бу дунёда ҳам уларга лаънатни эргаштирдик. Қиёмат Кунида ҳам улар (Бизнинг раҳматимиздан) йироқ қилингувчи кимсалардандирлар.
Bu dunyoda hamma qiyomatgacha ortidan ularni laʼnatlaydi. Kim ularning qilmishlarini eshitsa, albatta laʼnat oʻqiydi.
Oxiratda esa, bu qabih kimsalar, barchaning nafratiga uchragan bu malʼunlar yana ham nochor holga tushadilar. Chunki:
«Qiyomat kuni esa, ular (rahmatdan) yiroq qilinganlardandirlar».