وَمَا كُنتَ بِجَانِبِ ٱلْغَرْبِىِّ إِذْ قَضَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَى ٱلْأَمْرَ وَمَا كُنتَ مِنَ ٱلشَّـٰهِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz Musoga ishni hukm qilgan paytimizda sen g`arbiy tomonda emas eding va guvohlardan ham bo`lmagansan.Биз Мусога ишни ҳукм қилган пайтимизда сен ғарбий томонда эмас эдинг ва гувоҳлардан ҳам бўлмагансан.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz Musoga ishni (yaʼni, paygʻambarlikni) hukm qilgan paytda siz (Tur togʻining) gʻarb tomonida (Biz Muso bilan vaʼdalashgan joyda turgan) emas edingiz va guvohlardan ham boʻlgan emas edingiz.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Биз Мусога ишни (яъни, пайғамбарликни) ҳукм қилган пайтда сиз (Тур тоғининг) ғарб томонида (Биз Мусо билан ваъдалашган жойда турган) эмас эдингиз ва гувоҳлардан ҳам бўлган эмас эдингиз.
Yaʼni, Biz Musoga Paygʻambarlikni, Tavrot va uning hukmini bergan paytimizda Tur togʻining gʻarbiy tomonida yoʻq eding. Bu ishga guvohlardan ham boʻlmagansan.
Qurʼon nozil boʻlgunicha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u haqda hech narsa bilmaganlaridan bir ogʻiz soʻz gapirmagan edilar. Aks holda, dushmanlar darhol yuzlariga solar edi. Shunday boʻlishiga qaramay, Qurʼonda Muso alayhissalomning qissasi batafsil kelishi, hatto, yahudiy va nasorolarning bu boradagi xatolarini toʻgʻrilashi, Qurʼonning haqiqiy ilohiy kitob ekaniga yorqin dalildir.