وَلَـٰكِنَّآ أَنشَأْنَا قُرُونًا فَتَطَاوَلَ عَلَيْهِمُ ٱلْعُمُرُ ۚ وَمَا كُنتَ ثَاوِيًا فِىٓ أَهْلِ مَدْيَنَ تَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتِنَا وَلَـٰكِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Lekin Biz bir necha asrlarni paydo qildik, bas, ularning umri cho`zildi. Sen Madyanda turib, ularga oyatlarimizni tilovat qilib berganing yo`q. Ammo Biz Payg`ambar yuborguvchi bo`ldik.Лекин Биз бир неча асрларни пайдо қилдик, бас, уларнинг умри чўзилди. Сен Мадянда туриб, уларга оятларимизни тиловат қилиб берганинг йўқ. Аммо Биз Пайғамбар юборгувчи бўлдик.Alauddin Mansour: Lekin Biz (Muso zamonidan soʻng, koʻp) asrlarni paydo qildik, bas, ularga umr-zamon choʻzilib ketdi (va ular Musoga yuborilgan hukmlarni unutib yubordilar. Shunda Biz hukmu farmonlarimizni odamlarga haqqi-rost yetkazishingiz uchun sizni paygʻambar qilib yubordik). Siz Madyan ahli orasida turguvchi ham, ularga Bizning oyatlarimizni tilovat qilguvchi ham boʻlgan emasdingiz. Lekin Biz (sizni) paygʻambar qilib yuborguvchi boʻldik, (bas, siz Bizning vahiylarimiz vositasida Muso toʻgʻrisida ham, Madyan shahrining ahli haqida ham xabardor boʻldingiz).Лекин Биз (Мусо замонидан сўнг, кўп) асрларни пайдо қилдик, бас, уларга умр-замон чўзилиб кетди (ва улар Мусога юборилган ҳукмларни унутиб юбордилар. Шунда Биз ҳукму фармонларимизни одамларга ҳаққи-рост етказишингиз учун сизни пайғамбар қилиб юбордик). Сиз Мадян аҳли орасида тургувчи ҳам, уларга Бизнинг оятларимизни тиловат қилгувчи ҳам бўлган эмасдингиз. Лекин Биз (сизни) пайғамбар қилиб юборгувчи бўлдик, (бас, сиз Бизнинг ваҳийларимиз воситасида Мусо тўғрисида ҳам, Мадян шаҳрининг аҳли ҳақида ҳам хабардор бўлдингиз).
Muso alayhissalomning davrlaridan keyin bir necha asrlar, qanchadan-qancha avlodlar oʻtib ketdi. Bu orada Muso alayhissalomning qissalari unutildi yoki buzildi.
«Sen Madyanda turib, ularga oyatlarimizni tilovat qilib berganing yoʻq.»
Ammo hozir Makkada turib, Madyan xabarlarini qavmingga tilovat qilib bermoqdasan. Biroq qavming bunga ishonmayapti. Madyan qayoqdayu Makka qayoqda. Sen tilovat qilayotgan Madyandagi hodisalar qachon oʻtganu hozir qaysi zamon. U yerdagi va u vaqtdagi ishlar unutilib ketgan, hech kim bilmaydi.
«Ammo Biz Paygʻambar yuborguvchi boʻldik.»
Ana oʻsha yuborgan Paygʻambarimiz sensan. Senga mazkur xabarlarni Qurʼon oyatlari orqali tushirdik. Faqat sen, Paygʻambar boʻlganing uchun, bu ishlardan eng toʻgʻri xabarlarni odamlarga yetkazmoqdasan. Shuning oʻzi ham sening haq Paygʻambar ekaningga dalildir.