وَلَوْلَآ أَن تُصِيبَهُم مُّصِيبَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَيَقُولُوا۟ رَبَّنَا لَوْلَآ أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًا فَنَتَّبِعَ ءَايَـٰتِكَ وَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularga qilmishlari tufayli musiybat yetganida: «Ey Robbimiz, bizga Payg`ambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar edik va mo`minlardan bo`lar edik», demasalar edi.Агар уларга қилмишлари туфайли мусийбат етганида: «Эй Роббимиз, бизга Пайғамбар юборганингда эди, оятларингга эргашар эдик ва мўминлардан бўлар эдик», демасалар эди.Alauddin Mansour: Agar ularga oʻz qilmishlari sababli biron musibat-balo yetganida: «Parvardigoro, bizlarga paygʻambar yuborganingda edi, Sening oyatlaringga ergashar va iymon keltirguvchilardan boʻlur edik», deyishmasa edi (Biz sizni ularga paygʻambar qilib yubormas edik).Агар уларга ўз қилмишлари сабабли бирон мусибат-бало етганида: «Парвардигоро, бизларга пайғамбар юборганингда эди, Сенинг оятларингга эргашар ва иймон келтиргувчилардан бўлур эдик», дейишмаса эди (Биз сизни уларга пайғамбар қилиб юбормас эдик).
Ha, Alloh taolo Paygʻambar yuborishi insoniyat uchun ulkan rahmatdir. Bu rahmat boʻlmaganida insoniyat katta muammo qarshisida qolgan boʻlur edi. Shu bilan birga, agar ularga Paygʻambar kelmasa, boshlariga musiybat tushgan chogʻida norozi boʻlib:
«Ey Robbimiz, bizga Paygʻambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar edik va moʻminlardan boʻlar edik», deyishlari turgan gap edi.
Ammo Paygʻambar hujjat va dalillar bilan kelganida, unga ishonmadilar, uni yolgʻonchiga chiqarishdi.