فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ مِنْ عِندِنَا قَالُوا۟ لَوْلَآ أُوتِىَ مِثْلَ مَآ أُوتِىَ مُوسَىٰٓ ۚ أَوَلَمْ يَكْفُرُوا۟ بِمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ مِن قَبْلُ ۖ قَالُوا۟ سِحْرَانِ تَظَـٰهَرَا وَقَالُوٓا۟ إِنَّا بِكُلٍّ كَـٰفِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki ularga bizning huzurimizdan haq kelganida, ular: «Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar. Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?! Ular: «Ikki sehr o`rtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar.Қачонки уларга бизнинг ҳузуримиздан ҳақ келганида, улар: «Унга ҳам Мусога берилган нарса берилса эди», дедилар. Улар илгари Мусога берилган нарсага куфр келтирмаган эдиларми?! Улар: «Икки сеҳр ўртага чиқди, бир-бирига ёрдам бермоқда, биз ҳар бирига куфр келтиргувчимиз», дедилар.Alauddin Mansour: Endi qachonki ularga Bizning huzurimizdan haq (paygʻambar) kelgach esa, ular: «Unga (yaʼni, Muhammadga) ham Musoga berilgan moʻʼjizalar berilganida edi (bizlar unga ergashgan boʻlardik)», dedilar. Axir ular ilgari Musoga berilgan moʻʼjizalarga ham kofir boʻlmaganmidilar?! Ular: «(Tavrot va Qurʼon) bir-birini qoʻllab-quvvatlaydigan ikki sehrdir», dedilar va: «Bizlar (bu ikki kitobdan) har biriga kofirdirmiz», dedilar.Энди қачонки уларга Бизнинг ҳузуримиздан ҳақ (пайғамбар) келгач эса, улар: «Унга (яъни, Муҳаммадга) ҳам Мусога берилган мўъжизалар берилганида эди (бизлар унга эргашган бўлардик)», дедилар. Ахир улар илгари Мусога берилган мўъжизаларга ҳам кофир бўлмаганмидилар?! Улар: «(Таврот ва Қуръон) бир-бирини қўллаб-қувватлайдиган икки сеҳрдир», дедилар ва: «Бизлар (бу икки китобдан) ҳар бирига кофирдирмиз», дедилар.
Yaʼni, kishilarga Bizning huzurimizdan haq Paygʻambar–Muhammad alayhissalom yuborilganida, unga iymon keltirmadilar, balki turli-tuman bahonalar toʻqiy boshladilar. Jumladan, ular:
«Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar.
Yaʼni, Muhammadga ham Musoga berilgan moʻʼjizalar berilsa edi, dedilar. Ular bu gaplari bilan, agar Muhammadga ham Musoga berilgan moʻʼjizalar berilganida, biz unga iymon keltirar edik, demoqchi boʻladilar. Lekin ularning bu gaplari oʻrinlimi? Ular Musoning Paygʻambarligiga va unga berilgan moʻʼjizaga ishonganmidilar? Yoʻq, ishonmagan edilar. Qurʼoni Karim bu haqiqatni ham alohida taʼkidlaydi.
«Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?!»
Ha, Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan ilgari ular Muso alayhissalomga tushgan narsaga ham kufr keltirgan edilar. Endi boʻlsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirmasliklariga Muso alayhissalomga berilgan narsaga oʻxshash narsa u kishiga berilmaganini sabab qilib koʻrsatib turibdilar.
«Ular: «Ikki sehr oʻrtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar.»
Ular «ikki sehr» deb Tavrot bilan Qurʼonni nazarda tutishyapti. Yaʼni, Tavrot ham, Qurʼon ham sehrdir, ular birga oʻrtaga chiqib, bir-biriga yordam bermoqda, biz har ikkisiga ham kufr keltiruvchilarmiz, deyishyapti.
Demak, ular umuman haq yoʻlga yurish niyatida emaslar. Shu haqiqatni kofirlarning yuziga solish uchun Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamga quyidagilarni aytishni amr qildi:
Ey Paygʻambarim!