QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят49

قُلْ فَأْتُوا۟ بِكِتَـٰبٍ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ هُوَ أَهْدَىٰ مِنْهُمَآ أَتَّبِعْهُ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, Allohning huzuridagi u ikkisidan ko`ra to`g`riroq bir kitob keltiring, men unga ergashaman», degin.Сен: «Агар ростгўйлардан бўлсангиз, Аллоҳнинг ҳузуридаги у иккисидан кўра тўғрироқ бир китоб келтиринг, мен унга эргашаман», дегин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ularga) ayting: «U holda agar rostgoʻy boʻlsanglar, sizlar Alloh huzuridan u ikki (Kitobdan) koʻra toʻgʻriroq boʻlgan biron kitob keltiringlar, men unga ergashurman».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, уларга) айтинг: «У ҳолда агар ростгўй бўлсанглар, сизлар Аллоҳ ҳузуридан у икки (Китобдан) кўра тўғрироқ бўлган бирон китоб келтиринглар, мен унга эргашурман».

391-sahifa · 20-juz · 39-hizb391-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytginсен айтгинفَأْتُوا۟bas, keltiringбас, келтирингبِكِتَـٰبٍۢbir kitobбир китобمِّنْ-dan-данعِندِhuzuridagiҳузуридагиٱللَّهِAllohningАллоҳнингهُوَuуأَهْدَىٰtoʻgʻriroq (hidoyatliroq)тўғрироқ (ҳидоятлироқ)مِنْهُمَآu ikkisidanу иккисиданأَتَّبِعْهُmen unga ergashamanмен унга эргашаманإِنagarагарكُنتُمْboʻlsangizбўлсангизصَـٰدِقِينَrostgoʻylardanростгўйлардан
TafsirТафсир

Sizlarga Tavrot ham, Qurʼon ham yoqmasa, ulardan koʻra yaxshiroq kitobingiz boʻlsa, olib keling, boshqalar ham ergashsin va men ham oʻsha kitobga ergashay.

Odatda, biror narsani tanqid qilgan, yoqtirmagan, kamchiligini aytgan odam, uning oʻrniga oʻshanga nisbatan yaxshiroq boshqa narsani keltiradi. Qani, Tavrot ham, Qurʼon ham sehrdir, degan oʻsha kofirlarning oʻzlari bu ikki ilohiy kitobdan koʻra toʻgʻriroq, hidoyatliroq kitob olib kelsinlar-chi? Ular bu taklifga javob bera olarmidi?