QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят50

فَإِن لَّمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَكَ فَٱعْلَمْ أَنَّمَا يَتَّبِعُونَ أَهْوَآءَهُمْ ۚ وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنِ ٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ بِغَيْرِ هُدًى مِّنَ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar senga javob bera olmasalar, bas, bilginki, ular faqat havoyi nafslariga ergashmoqdalar, xolos. Allohdan bo`lgan hidoyatsiz, o`z havoyi nafsiga ergashgandan ko`ra ham gumrohroq kimsa bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.Агар сенга жавоб бера олмасалар, бас, билгинки, улар фақат ҳавойи нафсларига эргашмоқдалар, холос. Аллоҳдан бўлган ҳидоятсиз, ўз ҳавойи нафсига эргашгандан кўра ҳам гумроҳроқ кимса борми?! Албатта, Аллоҳ золим қавмларни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: Endi agar ular sizga javob bera olmasalar, bas, bilingki ular faqat havoyi nafslarigagina ergashurlar. Alloh tomonidan hidoyatlanmagan holda oʻz havoi nafsiga ergashgan kimsadan ham yoʻldan ozganroq kim bor?! Albatta, Alloh bunday zolim qavmni xidoyat qilmas.Энди агар улар сизга жавоб бера олмасалар, бас, билингки улар фақат ҳавойи нафсларигагина эргашурлар. Аллоҳ томонидан ҳидоятланмаган ҳолда ўз ҳавои нафсига эргашган кимсадан ҳам йўлдан озганроқ ким бор?! Албатта, Аллоҳ бундай золим қавмни хидоят қилмас.

391-sahifa · 20-juz · 39-hizb391-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنbas, agarбас, агарلَّمْemasэмасيَسْتَجِيبُوا۟javob berurlarжавоб берурларلَكَsengaсенгаفَٱعْلَمْbas, bilginkiбас, билгинкиأَنَّمَاfaqatфақатيَتَّبِعُونَergashmoqdalarэргашмоқдаларأَهْوَآءَهُمْ ۚhavoi nafslarigaҳавои нафсларигаوَمَنْva kim borва ким борأَضَلُّgumrohroqгумроҳроқمِمَّنِkimsadan koʻraкимсадан кўраٱتَّبَعَergashganэргашганهَوَىٰهُoʻz havoi nafsigaўз ҳавои нафсигаبِغَيْرِ-siz-сизهُدًۭىhidoyatҳидоятمِّنَ-dan-данٱللَّهِ ۚAllohАллоҳإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyat qilurҳидоят қилурٱلْقَوْمَqavmlarniқавмларниٱلظَّـٰلِمِينَzolimзолим
TafsirТафсир

Allohning Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yuqoridagi takliflariga kofirlar javob bera oladilarmi? Ular Tavrot va Qurʼondan koʻra toʻgʻriroq kitob olib kela biladilarmi? Agar shu ish qoʻllaridan kelsa, boshqalar ham unga iymon keltirishi kerak boʻladi. Lekin hozircha olib kela olganlari yoʻq. Unda nima qilish kerak? Kofirlarning Qurʼoni Karimga, Islom diniga boʻlayotgan munosabatlarini qanday baholash lozim? Ana shu savollarning javobi ushbu oyatda kelmoqda:

«Agar senga javob bera olmasalar, bas, bilginki, ular faqat havoyi nafslariga ergashmoqdalar, xolos».

Ular havoyi nafslariga ergashmaganlarida, bunday qilmasdilar: yo oʻzlari eng toʻgʻri kitobni olib kelishlari, yoki Qurʼonga ergashishlari kerak edi. Ular Qurʼonga ergashmadilar. Shuningdek, boshqa yaxshiroq kitob ham olib kela bilmadilar. Demak, ular havoyi nafslari ixtiyoridagi kimsalardir. Havoyi nafsiga ergashganlar kim oʻzi?

«Allohdan boʻlgan hidoyatsiz, oʻz havoyi nafsiga ergashgandan koʻra ham gumrohroq kimsa bormi?!»

Albatta, yoʻq. Qurʼonga ergashmagan har bir kimsa havoyi nafsi yoʻlida yurgan boʻladi. Havoyi nafsi ixtiyoridagi har bir kimsa dunyodagi eng gumroh kimsadir. Agar bunga eʼtiroz boʻlsa, Qurʼondan koʻra toʻgʻriroq kitobni keltirsin!

«Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.»

Qurʼon xabari va uning taʼlimotlarini bila turib unga ergashmagan odamlar eng katta zolimlardir. Bunday zolimlarni esa, Alloh taolo hidoyat qilmaydi.