QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят52

ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ مِن قَبْلِهِۦ هُم بِهِۦ يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(Qur'on)dan oldin kitob berilganlar unga iymon keltirurlar.У(Қуръон)дан олдин китоб берилганлар унга иймон келтирурлар.Alauddin Mansour: Biz (Qurʼondan) ilgari Kitob (yaʼni, Tavrot, Injil) ato etgan zotlar (yaʼni, yahudiy va nasroniylar orasidagi moʻminlar) unga (yaʼni, Qurʼonga) iymon keltirurlar.Биз (Қуръондан) илгари Китоб (яъни, Таврот, Инжил) ато этган зотлар (яъни, яҳудий ва насронийлар орасидаги мўминлар) унга (яъни, Қуръонга) иймон келтирурлар.

392-sahifa · 20-juz · 40-hizb392-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَularkiуларкиءَاتَيْنَـٰهُمُBiz ularga berdikБиз уларга бердикٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниمِن-dan-данقَبْلِهِۦundan oldinундан олдинهُمularуларبِهِۦungaунгаيُؤْمِنُونَiymon keltirurlarиймон келтирурлар
TafsirТафсир

Yaʼni, Qurʼon kelishidan oldin ilohiy kitob–Tavrot va Injil berilgan kishilar Qurʼonga ham iymon keltiradilar.

Bu oyati karima tushgan paytda yahudiylardan ham, masiyhiylardan ham iymon keltirib, moʻmin-musulmon boʻlgan kishilar bor edi. Oyatda ana shunga ishora qilinmoqda. Ular Tavrot va Injilni yaxshi tushungan, insof bilan ish tutgan kishilar boʻlib, oʻz muqaddas kitoblaridagi bashoratlarni mulohaza qilganlaridan soʻng Qurʼonning haqiqiy ilohiy kitob ekanini tan olib, iymonga kelgan edilar. Agar bu ish voqelikda boʻlmaganida, kofirlar ushbu oyatga darhol eʼtiroz bildirgan boʻlardilar.

Muhammad ibn Ishoqning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam siyratlari haqidagi kitobida quyidagilar keltiriladi:

«Soʻngra Makkada turganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga yigirmatacha nasorolar kelishdi. U kishining xabarlarini Habashistondan eshitishgan edi. Ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni masjidda topishdi. U kishi bilan oʻtirib gaplashishdi. Savol berishdi. Quraysh odamlari esa, Kaʼba atrofida oʻz suhbatxonalarida edilar. Ul nasorolar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan xohlagan narsalarini soʻrab boʻlganlaridan keyin, u zot ularni Allohga daʼvat qildilar, ularga Qurʼon tilovat qilib berdilar. Ular Qurʼon tinglaganlarida koʻzlaridan duv-duv yosh toʻkdilar. Soʻngra Allohning daʼvatiga istijobat etib, unga iymon keltirib, tasdiq qildilar. Ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamda oʻz kitoblarida vasf qilingan sifatlarni koʻrdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlaridan qaytib ketayotganlarida bir guruh qurayshliklar bilan Abu Jahl ibn Hishom ularning yoʻllarini toʻsib chiqib:

«Alloh dodinglarni bersin! Oʻz diningiz ahli sizni bu tomon yuborsa, endi ularga bu odamning xabarini olib borasizlarmi?! Uning oldida ozgina oʻtirib diningizni tark etib, uni tasdiqladingizmi?! Sizdan koʻra ahmoqroq guruh koʻrmagan edik!» dedilar. Shunda ular qurayshliklarga:

«Sizga salomlar boʻlsin. Biz sizlarga oʻxshab johillik qilmaymiz. Bizga oʻzimiz, sizga oʻzingiz ixtiyor qilgan narsa boʻlsin. Biz oʻzimizga yaxshilik topa olmay qilganimiz yoʻq», dedilar».

Ilgari kitob berilganlarning bu shaklda iymon keltirganlari Qurʼonning haq kitob ekaniga yana bir dalildir. Ular, Qurʼon oʻqilsa, oʻzlarini mushriklarga oʻxshab tutmaydilar, balki tamoman boshqacha tutadilar.