وَإِذَا يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِهِۦٓ إِنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّنَآ إِنَّا كُنَّا مِن قَبْلِهِۦ مُسْلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga tilovat qilingan chog`da: «Biz unga iymon keltirdik. Albatta, u Robbimizdan kelgan haqdir. Albatta, biz bundan oldin ham musulmon edik», dedilar.Уларга тиловат қилинган чоғда: «Биз унга иймон келтирдик. Албатта, у Роббимиздан келган ҳақдир. Албатта, биз бундан олдин ҳам мусулмон эдик», дедилар.Alauddin Mansour: Qachonki ularga (Qurʼon) tilovat qilinsa, ular: «Bizlar unga iymon keltirdik. Albatta, u Parvardigorimiz tomonidan boʻlgan Haqiqatdir. Shak-shubhasiz, bizlar (Qurʼon nozil boʻlishidan) ilgari ham musulmonlar (yaʼni, Allohni yagona bilib boʻyinsunuvchilar) edik», derlar.Қачонки уларга (Қуръон) тиловат қилинса, улар: «Бизлар унга иймон келтирдик. Албатта, у Парвардигоримиз томонидан бўлган Ҳақиқатдир. Шак-шубҳасиз, бизлар (Қуръон нозил бўлишидан) илгари ҳам мусулмонлар (яъни, Аллоҳни ягона билиб бўйинсунувчилар) эдик», дерлар.
Yaʼni, ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasorolarga Qurʼon tilovat qilinganda ularning insoflilari darhol iymon keltirib, Qurʼonni tasdiqlaganlar:
«Biz unga iymon keltirdik».
Yaʼni, biz Qurʼonga iymon keltirdik.
«Albatta, u Robbimizdan kelgan haqdir.»
Yaʼni, Qurʼonni Alloh taolo haq kitob qilib yuborganiga hech shak-shubha yoʻqdir.
«Albatta, biz bundan oldin ham musulmon edik», dedilar.»
Yaʼni, Qurʼon kelishidan oldin ham musulmon edik. Chunki, Allohdan kelgan har bir dinga ishongan kimsa musulmon hisoblanadi. Ushbu ahli kitoblar ham Allohni bir deb bilganlar. Uning kitoblari va Paygʻambarlariga ishonganlar hamda kitoblarida vasfi kelgan oxirzamon Paygʻambari–Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kelishlarini orziqib kutganlar. Endi u zotga iymon keltirdilar.