أُو۟لَـٰٓئِكَ يُؤْتَوْنَ أَجْرَهُم مَّرَّتَيْنِ بِمَا صَبَرُوا۟ وَيَدْرَءُونَ بِٱلْحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ وَمِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ يُنفِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarga sabr qilganlari uchun ajrlari ikki marta berilgan. Ular yaxshilik ila yomonlikni daf' qilurlar va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar.Ана ўшаларга сабр қилганлари учун ажрлари икки марта берилган. Улар яхшилик ила ёмонликни дафъ қилурлар ва уларга ризқ қилиб берган нарсаларимиздан нафақа қилурлар.Alauddin Mansour: Ana oʻsha zotlarga (dinu-iymon yoʻlida) sabr-toqat qilganlari sababli ajr-mukofotlari qayta-qayta ato etilur. Ular yaxshilik (yaʼni, sabr-toqat) bilan yomonlikni (yaʼni, kofirlarning ozorlarini) dafʼ qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilurlar.Ана ўша зотларга (дину-иймон йўлида) сабр-тоқат қилганлари сабабли ажр-мукофотлари қайта-қайта ато этилур. Улар яхшилик (яъни, сабр-тоқат) билан ёмонликни (яъни, кофирларнинг озорларини) дафъ қилурлар ва Биз уларга ризқ қилиб берган нарсалардан инфоқ-эҳсон қилурлар.
Ahli kitoblardan kimki iymon keltirib, musulmon boʻlsa, ikki hissa ajr oladi. Allohning avvalgi kitobi va avvalgi Paygʻambariga iymon keltirgani uchun bir ajr va soʻnggi kitobi Qurʼonga va soʻnggi Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgani uchun yana bir ajr.
Imom Buxoriy Abu Muso Ashʼariy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni aytganlar: «Uch toifa odamlarga ajrlari ikki marta beriladi. Ahli kitobdan boʻlgan odam oʻz Paygʻambariga iymon keltirsa, soʻngra menga iymon keltirsa; bir qul Allohning haqqini ham, xojasining haqqini ham ado qilsa; bir kishining choʻrisi boʻlsayu uni yaxshilab tarbiya qilib, soʻngra ozod qilib unga uylansa».
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Qosim ibn Abu Amoma: «Fath kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mingan ulov yonida boraturib, gʻoyat goʻzal, shirin gaplarini eshitdim. Gaplari orasida: «Ikki kitob ahlidan kim musulmon boʻlsa, unga ikki marta ajr berilur. Bizga boʻlgan imtiyozlar unga-da boʻlur. Bizga yuklatilgan masʼuliyatlar unga ham yuklatilur», dedilar», deb aytganlar.
Ha, oyati karima ularga ajr ikki hissa berilishi sababini ham aytib oʻtmoqda:
«Ana oʻshalarga sabr qilganlari uchun ajrlari ikki marta berilgan».
Ular Islomni sabr bilan kutdilar. Boshqalarga oʻxshab adashib ketganlari yoʻq. Avval oʻz dinlarida toʻgʻri yurishga intildilar. Keyin esa, Islomga oʻtish mashaqqatlariga sabr qildilar. Shuning uchun ham, ularga ajrlari ikki marta beriladi.
«Ular yaxshilik ila yomonlikni daf qilurlar...»
Bu ham sabrdir. Oʻzlarining sobiq dindoshlari, kofirlar ularga yomonliklar qiladilar, ularni masxara etadilar. Ammo bu abror kishilar kofirlarning yomonliklarini ham yaxshilik bilan qaytaradilar.
«...va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar.»
Ularning boshqa sifatlari quyidagi oyatda vasf etiladi: