QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят56

إِنَّكَ لَا تَهْدِى مَنْ أَحْبَبْتَ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sen o`zing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan. Lekin Alloh kimni xohlasa, o`shani hidoyat qiladir. U hidoyatga yuruvchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir.Албатта, сен ўзинг севган кишингни ҳидоят қила олмассан. Лекин Аллоҳ кимни хоҳласа, ўшани ҳидоят қиладир. У ҳидоятга юрувчиларни яхши билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), aniqki, siz oʻzingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topguvchi zotlarni yaxshiroq bilguvchidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), аниқки, сиз ўзингиз суйган кишиларни ҳидоят қила олмассиз, лекин Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кишиларни ҳидоят қилур. У ҳидоят топгувчи зотларни яхшироқ билгувчидир.

392-sahifa · 20-juz · 40-hizb392-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّكَalbatta, senалбатта, сенلَاemasэмасتَهْدِىhidoyat qila olursanҳидоят қила олурсанمَنْkishiniкишиниأَحْبَبْتَoʻzing sevganўзинг севганوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱللَّهَAllohАллоҳيَهْدِىhidoyat qilurҳидоят қилурمَنkimniкимниيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаوَهُوَva Uва Уأَعْلَمُyaxshi bilguvchidirяхши билгувчидирبِٱلْمُهْتَدِينَhidoyatga yuruvchilarniҳидоятга юрувчиларни
TafsirТафсир

Demak, odamlarni hidoyat qilish faqat Alloh taoloning izmidadir. Allohdan boshqa hech kimning, hatto oxirzamon Paygʻambari sollallohu alayhi vasallamning ham bu ishga qurblari yetmaydi. Agar u zot sollallohu alayhi vasallam biror kishini hidoyat qilish imkoniga ega boʻlganlarida, amakilari Abu Tolibni hidoyat qilgan boʻlar edilar. Ammo buning imkoni boʻlmadi. Abu Tolib hidoyatga muyassar boʻlmay dunyodan oʻtdi. Bunga Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam qattiq afsus chekdilar. Alloh taolo esa, bu haqda Paygʻambariga ushbu oyatdagi bayonotni berdi:

«Albatta, sen oʻzing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan».

Sening ishing Allohning daʼvatini bandalarga yetkazish, xolos. Hidoyat qilish sening haqqing ham, vazifang ham emas. Shuning uchun, hidoyatga kirishi orzu qilingan baʼzi kishilarning hidoyat topmaganlaridan xafa boʻlma.

«Lekin Alloh kimni xohlasa, oʻshani hidoyat qiladir.»

Hidoyat qilish faqat Allohning ishi. Chunki:

«U hidoyatga yuruvchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir».

Oʻsha ilmi asosida kishilarni Oʻzi bilib hidoyatga boshlaydi.

Hidoyatga yurishdan bosh tortishlarini Alloh taolo bilgan kishilar esa, turli bahonalar toʻqib, hidoyatga yurmay turaveradilar. Buning misolini baʼzi qurayshliklar tutgan mavqifda koʻramiz: