QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят58

وَكَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍۭ بَطِرَتْ مَعِيشَتَهَا ۖ فَتِلْكَ مَسَـٰكِنُهُمْ لَمْ تُسْكَن مِّنۢ بَعْدِهِمْ إِلَّا قَلِيلًا ۖ وَكُنَّا نَحْنُ ٱلْوَٰرِثِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz maishatlari haddan oshgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qildik. Bas, anavilar ularning maskanlari, ulardan keyin maskan qilinmadi, illo, ozginasi, xolos. Va Biz O`zimiz voris bo`lib qoldik.Биз маишатлари ҳаддан ошган қанчадан-қанча юртларни ҳалок қилдик. Бас, анавилар уларнинг масканлари, улардан кейин маскан қилинмади, илло, озгинаси, холос. Ва Биз Ўзимиз ворис бўлиб қолдик.Alauddin Mansour: Biz qancha maishati haddan oshgan qishloq-shaharni halok qildik. Bas, oʻshalarning maskanlari ulardan keyin kamdan-kam maskan qilindi. (Ularning barchalari halok boʻldilar) va (ularni mulku-diyorlariga) Biz Oʻzimiz voris boʻlib qoldik.Биз қанча маишати ҳаддан ошган қишлоқ-шаҳарни ҳалок қилдик. Бас, ўшаларнинг масканлари улардан кейин камдан-кам маскан қилинди. (Уларнинг барчалари ҳалок бўлдилар) ва (уларни мулку-диёрларига) Биз Ўзимиз ворис бўлиб қолдик.

392-sahifa · 20-juz · 40-hizb392-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَمْva qanchadan-qanchaва қанчадан-қанчаأَهْلَكْنَاBiz halok qildikБиз ҳалок қилдикمِن-dan-данقَرْيَةٍۭyurtlarюртларبَطِرَتْhaddan oshganҳаддан ошганمَعِيشَتَهَا ۖmaishatlaridaмаишатларидаفَتِلْكَbas, anavilarбас, анавиларمَسَـٰكِنُهُمْularning maskanlariуларнинг масканлариلَمْemasэмасتُسْكَنmaskan qilindiмаскан қилиндиمِّنۢ-dan-данبَعْدِهِمْulardan keyinулардан кейинإِلَّاilloиллоقَلِيلًۭا ۖozginasiозгинасиوَكُنَّاva Biz boʻldikва Биз бўлдикنَحْنُoʻzimizўзимизٱلْوَٰرِثِينَvorislarворислар
TafsirТафсир

Odamlar bu dunyo maiyshati deb hidoyatga ergashishdan bosh tortmoqdalar. Maiyshatga berilganlar nima boʻldi? Ular bu dunyoda faqat maiyshat deb yashadilar. Undan boshqa hech narsa haqida oʻylamadilar ham. Oxiri nima boʻldi? Bir nazar solaylik-chi?!

«Biz maiyshatlari haddan oshgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qildik.»

Dunyodan kimlar oʻtmadi deysiz. Ne-ne qavmlar, ne-ne podshohlar oʻtdi. Ularning ichida hozirgilarga oʻxshab qorniga, farjiga, havoyi nafsiga va maiyshatga banda boʻlganlar koʻp edi. Ammo ularning qanchadan-qanchasini Alloh taolo dinga amal qilmaganlari, maiyshatga berilganlari uchun halok qildi.

Ularning halokati asarlari hali ham har joyda saqlanib qolgan.

«Bas, anavilar ularning maskanlari, ulardan keyin maskan qilinmadi, illo, ozginasi, xolos.»

Ana, koʻringlar, ularning yashab oʻtgan maskanlari, saroy-qasrlari, uy-joylaridan nima qoldi? Vayronalar, xolos. Ular halok boʻlganidan soʻng boshqalar u joylarni maskan tutmadi. Illo, bir qismigina maskan qilingan boʻlishi mumkin.

«Va Biz Oʻzimiz voris boʻlib qoldik.»

Bizdan boshqa hech kim ularga voris boʻla olmadi. Ularning dunyo maiyshatiga berilib, dindan qochib, unga amal qilmay toʻplagan narsalari hamma-hammasiga halokatidan keyin oʻzimiz voris boʻldik.

Endi oʻylab koʻraylik. Dunyoning biror burchagida Allohdan kelgan hidoyatga ergashib halokatga uchragan qavm haqida xabar, qissa yoki vayronalar izi bormi? Dunyoning biror joyida Islomga amal qilib yomonlikka uchragan el, elat bormi? Dunyoning biror nuqtasida Islomga amal qilib, vayron boʻlgan, unga hech kim kirmay qoʻygan maskan bormi? Yoʻq, albatta! Xoʻsh, nega odamlar, Islomga amal qilsak, u boʻladi, bu boʻladi, deb qoʻrqadilar, bir-birlarini qoʻrqitadilar?!

Baʼzilarda, maiyshatda haddan oshganlarning hammasi ham halokatga uchrayvergan emas-ku, degan savol tugʻilishi mumkin. Bu savolga quyidagi oyatda javob beriladi: