QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят59

وَمَا كَانَ رَبُّكَ مُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ حَتَّىٰ يَبْعَثَ فِىٓ أُمِّهَا رَسُولًا يَتْلُوا۟ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتِنَا ۚ وَمَا كُنَّا مُهْلِكِى ٱلْقُرَىٰٓ إِلَّا وَأَهْلُهَا ظَـٰلِمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing shahar-qishloqlarni, to ular orasiga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan Payg`ambar yubormasdan turib, halok qiluvchi bo`lmagan. Biz shahar-qishloqlarni faqat ahli zolim bo`lgan holdagina halok qilguvchi bo`lganmiz.Роббинг шаҳар-қишлоқларни, то улар орасига уларга оятларимизни тиловат қиладиган Пайғамбар юбормасдан туриб, ҳалок қилувчи бўлмаган. Биз шаҳар-қишлоқларни фақат аҳли золим бўлган ҳолдагина ҳалок қилгувчи бўлганмиз.Alauddin Mansour: Parvardigoringiz to barcha qishloq-shaharlarning markazlariga Bizning oyatlarimizni ularga tilovat qiladigan bir paygʻambarni yubormagunicha, (u qishloq-shaharlarni) halok qiluguvchi boʻlmadi. Biz qishloq-shaharlarni faqat ularning aholisi zolim — kofir boʻlgan holdagina halok qilguvchi boʻldik.Парвардигорингиз то барча қишлоқ-шаҳарларнинг марказларига Бизнинг оятларимизни уларга тиловат қиладиган бир пайғамбарни юбормагунича, (у қишлоқ-шаҳарларни) ҳалок қилугувчи бўлмади. Биз қишлоқ-шаҳарларни фақат уларнинг аҳолиси золим — кофир бўлган ҳолдагина ҳалок қилгувчи бўлдик.

392-sahifa · 20-juz · 40-hizb392-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَboʻlganбўлганرَبُّكَRobbingРоббингمُهْلِكَhalok qiluvchiҳалок қилувчиٱلْقُرَىٰshahar-qishloqlarniшаҳар-қишлоқларниحَتَّىٰtoтоيَبْعَثَyubormagunchaюбормагунчаفِىٓ-ga-гаأُمِّهَاularning ona shahriуларнинг она шаҳриرَسُولًۭاPaygʻambarПайғамбарيَتْلُوا۟tilovat qiladiganтиловат қиладиганعَلَيْهِمْulargaуларгаءَايَـٰتِنَا ۚoyatlarimizniоятларимизниوَمَاva emasва эмасكُنَّاBiz boʻlganmizБиз бўлганмизمُهْلِكِىhalok qilguvchiҳалок қилгувчиٱلْقُرَىٰٓshahar-qishloqlarniшаҳар-қишлоқларниإِلَّاfaqatфақатوَأَهْلُهَاva ahliва аҳлиظَـٰلِمُونَzolim boʻlgan holdaзолим бўлган ҳолда
TafsirТафсир

Alloh taoloning odati shuki, insonlarga jon, aql-idrok berib qoʻysa ham, yana Paygʻambar orqali ogohlantirmasdan turib ularni halok qilmaydi. Paygʻambarni qachon va qayerga yuborishni Oʻzi biladi. Mana, Makka ahliga ham Paygʻambar kelmagan edi. Endi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yubordi. U kishini faqat Makka ahliga emas, balki barcha makon va zamonlarga ogohlantirguvchi Paygʻambar qilib yubordi.

Shu bilan birga, Alloh taolo ahli zolim boʻlgan shahar-qishloq va yurtlarni halok qilishini ham taʼkidlab aytmoqda. Zulm naqadar yomon amal ekanini shundan ham bilib olsak boʻladi.

Odamlar bu dunyo maiyshatini, bu dunyo matohini deb hidoyatga ergashmaydilar. Islom yoʻlida yurish, unga amal qilishdan bosh tortadilar. Agar hidoyatga ergashsak, yerimizdan yulinib olinishimizdan qoʻrqamiz, deydilar. Lekin dunyo maiyshati shunga arziydimi, oʻzi?!