QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят60

وَمَآ أُوتِيتُم مِّن شَىْءٍ فَمَتَـٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتُهَا ۚ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sizga berilgan narsalar bu dunyoning matohi va ziynati, xolos. Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiydir. Aql ishlatmaysizlarmi?Ва сизга берилган нарсалар бу дунёнинг матоҳи ва зийнати, холос. Аллоҳнинг ҳузуридаги нарса яхшироқ ва боқийдир. Ақл ишлатмайсизларми?Alauddin Mansour: Sizlarga berilgan narsalar faqat hayoti dunyoning mato va ziynatlaridir. Alloh huzuridagi (ajru-mukofot) esa yaxshiroq va boqiyroqdir. Axir aql yurgizmaysizlarmi?!Сизларга берилган нарсалар фақат ҳаёти дунёнинг мато ва зийнатларидир. Аллоҳ ҳузуридаги (ажру-мукофот) эса яхшироқ ва боқийроқдир. Ахир ақл юргизмайсизларми?!

393-sahifa · 20-juz · 40-hizb393-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَآva nimaва нимаأُوتِيتُمsizga berilganсизга берилганمِّن-dan-данشَىْءٍۢnarsalarнарсаларفَمَتَـٰعُbas, matohidirбас, матоҳидирٱلْحَيَوٰةِhayotningҳаётнингٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёوَزِينَتُهَا ۚva uning ziynatiва унинг зийнатиوَمَاva narsaва нарсаعِندَhuzuridagiҳузуридагиٱللَّهِAllohningАллоҳнингخَيْرٌۭyaxshiroqяхшироқوَأَبْقَىٰٓ ۚva boqiyroqва боқийроқأَفَلَاaxir emasmiахир эмасмиتَعْقِلُونَaql ishlatasizlarақл ишлатасизлар
TafsirТафсир

Sizga bu dunyoda berilgan moddiy farovonlik va omonlik ham, ruhiy xotirjamlik va boshqa matohlar ham–hamma-hammasi oʻtkinchidir. Ular bu dunyoning ortiqcha zebu ziynatidir. Siz ularga oʻch boʻlasiz, shular uchun Allohning dinini tark etasiz. Holbuki:

«Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiydir».

Besh kunlik dunyo hirsiga koʻngil qoʻymay, Allohning yoʻlida yurgan insonlar uchun uning huzurida dunyo maiyshatiga berilgan odamlar erishadigan narsadan koʻra yaxshiroq va boqiy neʼmatlar bor. Iymonlilar ikki dunyoda ham saodatmand boʻladilar.

«Aql ishlatmaysizlarmi?»

Demak, iymonli va iymonsizlar orasidagi farqni bilish uchun aql ishlatish kerak. Aqli bor odam bu farqni darhol tushunadi va Islom yoʻlida yuradi. Aqlsizlar bu farqni tushuna olmaydi. Shuning uchun, oʻzlariga foydali amalni qoʻyib, zararli yoʻlni tanlaydi.