وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot ularni chaqirgan kunida: «Siz da'vo qilgan Mening «sherik»larim qani?!» der.У зот уларни чақирган кунида: «Сиз даъво қилган Менинг «шерик»ларим қани?!» дер.Alauddin Mansour: (Eslang, Alloh Qiyomat Kunida) ularga nido qilib: «Sizlar (bor deb) gumon qilguvchi boʻlgan «sheriklarim» qayerda qolishdi?», deganida,(Эсланг, Аллоҳ Қиёмат Кунида) уларга нидо қилиб: «Сизлар (бор деб) гумон қилгувчи бўлган «шерикларим» қаерда қолишди?», деганида,
Ana oʻsha mushrik azobga hozirlangan, Alloh ularni toʻplash uchun chaqirgan kuni Alloh taolo mushriklardan:
«Siz daʼvo qilgan Mening «sherik»larim qani?!» deb soʻraydi.
Lekin ular javob bera olmaydilar. Javob oʻrniga, ularni ergashtirib yurgan boshliqlarining oʻzlari yuzaga chiqadi.