QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят63

قَالَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ رَبَّنَا هَـٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَغْوَيْنَآ أَغْوَيْنَـٰهُمْ كَمَا غَوَيْنَا ۖ تَبَرَّأْنَآ إِلَيْكَ ۖ مَا كَانُوٓا۟ إِيَّانَا يَعْبُدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ustilariga so`z(langan azob) tushishi haq bo`lganlar: «Ey Robbimiz, anavi yo`ldan ozdirganlarimizni o`zimiz yo`ldan ozganimizdek ozdirganmiz. Senga o`zimizni oqladik. Ular bizga ibodat qilgan emaslar», derlar.Устиларига сўз(ланган азоб) тушиши ҳақ бўлганлар: «Эй Роббимиз, анави йўлдан оздирганларимизни ўзимиз йўлдан озганимиздек оздирганмиз. Сенга ўзимизни оқладик. Улар бизга ибодат қилган эмаслар», дерлар.Alauddin Mansour: Ustlariga Soʻz — azob tushishi haq-muqarrar boʻlgan kimsalar (yaʼni, odamlarni Haq yoʻlidan ozdirgan dohiylar): «Parvardigoro, ana u bizlar yoʻldan ozdirgan kimsalarni ham xuddi oʻzimiz yoʻldan ozgan kabi yoʻldan ozdirgandirmiz (yaʼni, bizlar ham, barchamiz oʻz ixtiyorimiz bilan ozgandirmiz). Bizlar Senga (yaʼni, ularning yoʻldan ozishlariga aybdor emasmiz) oqdirmiz. Ular bizlarga ibodat qilguvchi boʻlmaganlar, (balki oʻz havoi nafslariga ibodat qilganlar)», derlar.Устларига Сўз — азоб тушиши ҳақ-муқаррар бўлган кимсалар (яъни, одамларни Ҳақ йўлидан оздирган доҳийлар): «Парвардигоро, ана у бизлар йўлдан оздирган кимсаларни ҳам худди ўзимиз йўлдан озган каби йўлдан оздиргандирмиз (яъни, бизлар ҳам, барчамиз ўз ихтиёримиз билан озгандирмиз). Бизлар Сенга (яъни, уларнинг йўлдан озишларига айбдор эмасмиз) оқдирмиз. Улар бизларга ибодат қилгувчи бўлмаганлар, (балки ўз ҳавои нафсларига ибодат қилганлар)», дерлар.

393-sahifa · 20-juz · 40-hizb393-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَderlarдерларٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиحَقَّhaq boʻlganҳақ бўлганعَلَيْهِمُustilarigaустиларигаٱلْقَوْلُsoʻz(langan azob)сўз(ланган азоб)رَبَّنَاey Robbimizэй Роббимизهَـٰٓؤُلَآءِanavilarанавиларٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиأَغْوَيْنَآbiz yoʻldan ozdirganlarimizбиз йўлдан оздирганларимизأَغْوَيْنَـٰهُمْularni ozdirganmizуларни оздирганмизكَمَاxuddi ...dekхудди ...декغَوَيْنَا ۖoʻzimiz yoʻldan ozganimizўзимиз йўлдан озганимизتَبَرَّأْنَآoʻzimizni oqladikўзимизни оқладикإِلَيْكَ ۖSengaСенгаمَاemasэмасكَانُوٓا۟ular edilarулар эдиларإِيَّانَاbizgaбизгаيَعْبُدُونَibodat qilarибодат қилар
TafsirТафсир

Bu dunyoda odamlarga rahbar boʻlib, ularni yoʻldan urib, Allohga shirk keltirishga boshlagan boshliqlar qiyomat azobi haqligini bilib, oʻzlarini oqlashga oʻtadilar. Ular:

«Ey Robbimiz, anavi yoʻldan ozdirganlarimizni oʻzimiz yoʻldan ozganimizdek ozdirganmiz», deydilar.

Yaʼni, anavi bizga ergashib, toʻgʻri yoʻldan ozib, senga shirk keltirganlarni, oʻz ixtiyorimiz bilan vasvasaga uchib yoʻldan ozganimizdek, oʻz ixtiyorlariga koʻra vasvasa qilib yoʻldan ozdirdik. Biz ularni hech majbur qilganimiz yoʻq. Ayb ularning oʻzida. Biz sening huzuringda oʻzimizni oqlaymiz.

«Ular bizga ibodat qilgan emaslar», derlar.»

Ular bizga emas, turli but-sanamlarga ibodat qilganlar.

Bu soʻzlar aytib boʻlinganidan keyin yana oldingi gapga qaytiladi: