QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят64

وَقِيلَ ٱدْعُوا۟ شُرَكَآءَكُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَهُمْ وَرَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ۚ لَوْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ يَهْتَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va: «Mening «sherik»larimni chaqiringlar», deyilur. Ular chaqirurlar. Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar. Va, azobni ko`rurlar. Koshki, hidoyat topgan bo`lganlarida edi!Ва: «Менинг «шерик»ларимни чақиринглар», дейилур. Улар чақирурлар. Бас, (сохта худолари) уларга жавоб бермаслар. Ва, азобни кўрурлар. Кошки, ҳидоят топган бўлганларида эди!Alauddin Mansour: Ularga: «Butlaringizga iltijo qilinglar, (mana endi sizlarga yordam bersinlar)», deyilib, ularga iltijo qilinganlarida (butlar) javob qilmaslar va ular azobni koʻrurlar. Agar ular hidoyat topsalar edi (bunday azobni koʻrmagan boʻlur edilar).Уларга: «Бутларингизга илтижо қилинглар, (мана энди сизларга ёрдам берсинлар)», дейилиб, уларга илтижо қилинганларида (бутлар) жавоб қилмаслар ва улар азобни кўрурлар. Агар улар ҳидоят топсалар эди (бундай азобни кўрмаган бўлур эдилар).

393-sahifa · 20-juz · 40-hizb393-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقِيلَva deyilurва дейилурٱدْعُوا۟chaqiringlarчақирингларشُرَكَآءَكُمْ«sherik»laringizni«шерик»ларингизниفَدَعَوْهُمْbas, ularni chaqiradilarбас, уларни чақирадиларفَلَمْbas, emasбас, эмасيَسْتَجِيبُوا۟javob berarlarжавоб берарларلَهُمْulargaуларгаوَرَأَوُا۟va koʻrurlarва кўрурларٱلْعَذَابَ ۚazobniазобниلَوْkoshkiкошкиأَنَّهُمْularуларكَانُوا۟boʻlganlarida ediбўлганларида эдиيَهْتَدُونَhidoyat topganҳидоят топган
TafsirТафсир

Alloh taolo mushriklarga yana qaytadan: «Mening «sherik»larimni chaqiringlar», deydi. Qani, u dunyoda ibodat qilib yurgan «xudo»larini endi chaqirsinlar, ularga yordam berishsin. Hozir yordam berishmasa, qachon yordam berishadi? «Ular chaqirurlar.» Mushriklar Allohga sherik qilgan soxta xudolarini chaqiradilar. «Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar.» Qanday qilib javob bersin? Bu dunyoda javob bera olmagan soxta xudolar u dunyoda javob bera bilarmidi? Demak, mushriklarning umidlari uzildi. Ana shunda ular «azobni koʻrurlar». Mushriklar oʻzlari uchun tayyorlab qoʻyilgan azobni koʻradilar. «Koshki, hidoyat topgan boʻlganlarida edi!» Bu holatlar boshlariga tushmas edi. Ammo ish hali tugamaydi. Qiyomat kuni ulardan soʻraladigan boshqa savollar ham bor.