فَعَمِيَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْأَنۢبَآءُ يَوْمَئِذٍ فَهُمْ لَا يَتَسَآءَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`sha kunda xabarlar ulardan maxfiy bo`lur va ular bir-birlaridan so`ray olmaslar ham.Ана ўша кунда хабарлар улардан махфий бўлур ва улар бир-бирларидан сўрай олмаслар ҳам.Alauddin Mansour: Oʻsha kunda ularga xabarlar (yaʼni, oʻzlarini oqlaydigan bahonayu sabablar) koʻrinmay qolur, bas, (dahshat va qoʻrquvga tushib) bir-birlaridan ham soʻrasha olmaslar.Ўша кунда уларга хабарлар (яъни, ўзларини оқлайдиган баҳонаю сабаблар) кўринмай қолур, бас, (даҳшат ва қўрқувга тушиб) бир-бирларидан ҳам сўраша олмаслар.
Ular qiyomat kunida hamma narsadan bexabar boʻladilar. Hech narsa bilmaydilar. Ularning tili javobga aylanmaydi. Hatto, bir- birlaridan ham biror gapni soʻray olmaydilar. Ular gung-soqov boʻlib jim turaveradilar.