فَأَمَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا فَعَسَىٰٓ أَن يَكُونَ مِنَ ٱلْمُفْلِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ammo tavba qilgan, iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishi, shoyadki, najot topguvchilardan bo`lsa.Аммо тавба қилган, иймон келтириб, солиҳ амалларни қилган киши, шоядки, нажот топгувчилардан бўлса.Alauddin Mansour: Endi kim tavba qilib, iymon keltirib, yaxshi amal qilib oʻtgan boʻlsa, shoyadki ana oʻsha (kishi) najot topguvchilardan boʻlur.Энди ким тавба қилиб, иймон келтириб, яхши амал қилиб ўтган бўлса, шоядки ана ўша (киши) нажот топгувчилардан бўлур.
Demak, har bir inson oʻziga Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning daʼvatlari yetishi bilan darhol tavba qilib, musulmon boʻlib, solih amallarni qilishga oʻtishi kerak. Oʻziga berilgan fursatdan foydalanib qolishi lozim.
Odamlar oʻzlaricha har xil bahonalar topib, Islomdan qochaveradilar. Aslida, bu dunyo ishlari ularning ixtiyorida emas. Tinchlik-omonlik ham, farovonlik va toʻkin-sochinlik ham odamlarning xohishi bilan boʻlmaydi.