وَرَبُّكَ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ وَيَخْتَارُ ۗ مَا كَانَ لَهُمُ ٱلْخِيَرَةُ ۚ سُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ وَتَعَـٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Robbing xohlaganini yaratib, xohlaganini ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor haqqi yo`qdir. Ular shirk keltirayotgan narsalardan Alloh pok va yuksakdir.Ва Роббинг хоҳлаганини яратиб, хоҳлаганини ихтиёр қилур. Уларда ихтиёр ҳаққи йўқдир. Улар ширк келтираётган нарсалардан Аллоҳ пок ва юксакдир.Alauddin Mansour: Parvardigoringiz Oʻzi xohlagan narsani yaratur va (Oʻzi xohlagan ishni) ixtiyor qilur. Ular uchun ixtiyor yoʻqdir. Alloh ularning shirklaridan pok va yuksakdir.Парвардигорингиз Ўзи хоҳлаган нарсани яратур ва (Ўзи хоҳлаган ишни) ихтиёр қилур. Улар учун ихтиёр йўқдир. Аллоҳ уларнинг ширкларидан пок ва юксакдир.
Bu dunyoda faqat Alloh taoloning xohlagani boʻladi. Alloh xohlaganini yaratadi, istaganini ixtiyor qiladi. Bandalar esa, Allohning ixtiyor qilganini koʻrishadi.
«Ularda ixtiyor haqqi yoʻqdir.»
Agar bandaga ixtiyor berilsa, bu dunyoda nimalar boʻlmas edi, deysiz. Shuning uchun ham, bu dunyoda kechadigan ishlar odamlar ixtiyoriga bogʻliq qilinmagan.
«Ular shirk keltirayotgan narsalardan Alloh pok va yuksakdir.»
Bandalar Alloh taologa turli narsalarni sherik qiladilar. Lekin Alloh taoloning unday sheriklari yoʻq. Alloh taolo mushriklar keltirayotgan sheriklarning hammasidan yuksakdir.