Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят69
وَرَبُّكَ يَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, Robbing ularning qalblari yashirayotgan narsalarni ham, oshkor qilayotgan narsalarni ham bilur.Ва, Роббинг уларнинг қалблари яшираётган нарсаларни ҳам, ошкор қилаётган нарсаларни ҳам билур.Alauddin Mansour: Parvardigoringiz ularning dillari yashirgan narsalarni — sirlarni ham, oshkor qilgan narsalarini — soʻzlarini ham bilur.Парвардигорингиз уларнинг диллари яширган нарсаларни — сирларни ҳам, ошкор қилган нарсаларини — сўзларини ҳам билур.
393-sahifa · 20-juz · 40-hizb393-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَرَبُّكَva Robbingва Роббингيَعْلَمُbilurбилурمَاnarsalarniнарсаларниتُكِنُّyashirayotganяшираётганصُدُورُهُمْularning qalblariуларнинг қалблариوَمَاva narsalarniва нарсаларниيُعْلِنُونَular oshkor qilayotganулар ошкор қилаётган
TafsirТафсир
Robbingdan hech narsa maxfiy qolmaydi. U hamma narsani, hatto, qalblarida yashirgan sirlarni ham biladi. Oxiratda esa, oʻsha bilganiga qarab jazo yoki mukofotlarini beradi.