QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят70

وَهُوَ ٱللَّهُ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلْأُولَىٰ وَٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ وَلَهُ ٱلْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U Alloh Undan boshqa ibodatga sazovor iloh yo`q Zotdir. Bu dunyoda va oxiratda barcha hamd Ungadir. Hukm ham Uning O`zigadir va Ungagina qaytarilursizlar.У Аллоҳ Ундан бошқа ибодатга сазовор илоҳ йўқ Зотдир. Бу дунёда ва охиратда барча ҳамд Унгадир. Ҳукм ҳам Унинг Ўзигадир ва Унгагина қайтарилурсизлар.Alauddin Mansour: U (yolgʻiz) Allohdir. Hech qanday iloh yoʻq, magar Uning Oʻzigina bordir. Avvalu oxirda (yaʼni, dunyo-yu Oxiratda) hamdu sano (yolgʻiz) Uning uchundir. Hukm Uning (hukmidir). Va (barchalaringiz) yolgʻiz Unga qaytarilursizlar.У (ёлғиз) Аллоҳдир. Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар Унинг Ўзигина бордир. Аввалу охирда (яъни, дунё-ю Охиратда) ҳамду сано (ёлғиз) Унинг учундир. Ҳукм Унинг (ҳукмидир). Ва (барчаларингиз) ёлғиз Унга қайтарилурсизлар.

393-sahifa · 20-juz · 40-hizb393-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَهُوَva Uва УٱللَّهُAllohdirАллоҳдирلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَilohилоҳإِلَّاfaqatфақатهُوَ ۖUУلَهُUngadirУнгадирٱلْحَمْدُbarcha hamdбарча ҳамдفِى-da-даٱلْأُولَىٰbu dunyoбу дунёوَٱلْـَٔاخِرَةِ ۖva oxiratdaва охиратдаوَلَهُva Uning Oʻzigadirва Унинг Ўзигадирٱلْحُكْمُhukmҳукмوَإِلَيْهِva Ungaginaва Унгагинаتُرْجَعُونَqaytarilursizlarқайтарилурсизлар
TafsirТафсир

Bu dunyoyu u dunyoda ibodatga sazovor zot faqat Allohning Oʻzidir. Shuning uchun, Allohdan boshqaga ibodat etgan, Undan oʻzganing yoʻlidan yurgan odam katta xato qiladi.

«Bu dunyoda va oxiratda barcha hamd Ungadir.»

Ikki dunyoda ham hamdu sano va maqtovga faqat Allohning Oʻzi haqli boʻladi. Binobarin, Undan oʻzgaga hamdu sano aytgan ham katta xato qiladi.

«Hukm ham Uning Oʻzigadir.»

Har ikki dunyo hukmi Allohning izmidadir. Demak, Allohning hukmidan oʻzga hukmga yurganlar katta xato qiladilar. Qiyomat kuni esa:

«Ungagina qaytarilursizlar».

Undan boshqaga qaytarilmassizlar. U oʻshanda hammani qilmishiga yarasha jazolaydi. Demak, banda vaqtini boy bermay, oʻzini oʻnglab olishi kerak.

Keyingi oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, gʻofil insonlarning eʼtiborini Alloh taoloning haqiqatan ham ibodatga, hamdu sanoga sazovor yagona zot ekaniga, hukm va qiyomat egasi ekaniga dalil boʻluvchi narsalarga tortishni amr etadi:

Ey Muhammad!