QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qasas surasi · Oyatсураси · Оят71

قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمُ ٱلَّيْلَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ مَنْ إِلَـٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِضِيَآءٍ ۖ أَفَلَا تَسْمَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha doimiy qilib qo`ysa, Allohdan o`zga qaysi iloh sizga yorug`lik keltira olur? Eshitmaysizlarmi?!» deb ayt.Сен уларга: «Айтинг-чи, агар Аллоҳ кечани қиёмат кунигача доимий қилиб қўйса, Аллоҳдан ўзга қайси илоҳ сизга ёруғлик келтира олур? Эшитмайсизларми?!» деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Xabar beringiz-chi, agar Alloh kechani Qiyomat Kunigacha ustingizda mangu qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi bir iloh sizlarga biron yorugʻlik keltira olur?! Axir anglamaysizlarmi?»(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Хабар берингиз-чи, агар Аллоҳ кечани Қиёмат Кунигача устингизда мангу қилиб қўйса, Аллоҳдан ўзга қайси бир илоҳ сизларга бирон ёруғлик келтира олур?! Ахир англамайсизларми?»

394-sahifa · 20-juz · 40-hizb394-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْaytайтأَرَءَيْتُمْayting-chiайтинг-чиإِنagarагарجَعَلَqilib qoʻysaқилиб қўйсаٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْكُمُsizlargaсизларгаٱلَّيْلَkechaniкечаниسَرْمَدًاdoimiyдоимийإِلَىٰ-gacha-гачаيَوْمِkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматمَنْqaysiқайсиإِلَـٰهٌilohилоҳغَيْرُoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohdanАллоҳданيَأْتِيكُمsizga keltira olurсизга келтира олурبِضِيَآءٍ ۖyorugʻlikёруғликأَفَلَاaxir emasmiахир эмасмиتَسْمَعُونَeshitasizlarэшитасизлар
TafsirТафсир

Kecha maʼlum va mashhur palladir. Uni Alloh keltiradi. Ammo kechani Alloh qiyomat kunigacha abadiy ketmaydigan qilib qoʻysa, oʻrniga yorugʻlik olib keladigan biror zot bormi? Albatta, yoʻq! Boʻlsa, hozirgacha chiqar edi. Demak, kechani oʻz vaqtida ketkazib, oʻrniga nurni olib kelayotganining oʻzi uchunoq Alloh taologa har qancha ibodat qilinsa, har qancha hamdu sano aytilsa, arziydi. Ey gʻofillar! Bu gaplarni:

«Eshitmaysizlarmi?!»

Ey Muhammad!