قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمُ ٱلنَّهَارَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ مَنْ إِلَـٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِلَيْلٍ تَسْكُنُونَ فِيهِ ۖ أَفَلَا تُبْصِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha doimiy qilib qo`ysa, Allohdan o`zga qaysi iloh sizlarga orom oladiganingiz kechani keltira oladi?! Ko`rmaysizlarmi?!» deb ayt.Сен уларга: «Айтинг-чи, агар Аллоҳ кундузни қиёмат кунигача доимий қилиб қўйса, Аллоҳдан ўзга қайси илоҳ сизларга ором оладиганингиз кечани келтира олади?! Кўрмайсизларми?!» деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Xabar beringiz-chi, agar Alloh kunduzni Qiyomat Kunigacha ustingizda mangu qilib qoʻysa, Allohdan oʻzga qaysi bir iloh sizlarga orom oladigan kechani keltira olur?! Axir koʻrmaysizlarmi?!Айтинг: «Хабар берингиз-чи, агар Аллоҳ кундузни Қиёмат Кунигача устингизда мангу қилиб қўйса, Аллоҳдан ўзга қайси бир илоҳ сизларга ором оладиган кечани келтира олур?! Ахир кўрмайсизларми?!
Kunduz ham maʼlum va mashhur palla. Uni Allohdan boshqa hech kim keltira olmaydi. Ammo kunduzni Alloh qiyomat kunigacha abadiy ketmaydigan qilib qoʻysa, oʻrniga odamlar orom oladigan kechani keltira oladigan biror zot bormi?! Albatta, yoʻq! Boʻlsa, hozirgacha chiqar edi. Demak, kunduzni oʻz vaqtida ketkazib, oʻrniga odamlar orom oladigan kechani olib kelayotganining oʻzi uchunoq Alloh taologa har qancha ibodat qilinsa, har qancha hamdu sano aytilsa, arziydi. Ey gʻofillar! Bu narsalarni:
«Koʻrmaysizlarmi?!»