وَمِن رَّحْمَتِهِۦ جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ لِتَسْكُنُوا۟ فِيهِ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot O`z rahmati ila sizlarga kecha va kunduzni orom olishingiz va O`z fazlidan talab qilishingiz uchun paydo qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.У зот Ўз раҳмати ила сизларга кеча ва кундузни ором олишингиз ва Ўз фазлидан талаб қилишингиз учун пайдо қилди. Шоядки, шукр келтирсангиз.Alauddin Mansour: (Alloh) sizlar uchun kecha va kunduzni unga (yaʼni, kechada) orom olishlaringiz, (kunduzi esa) Uning fazl-rizqidan istashlaringiz va shukr qilishlaringiz uchun paydo qilib qoʻygani Uning rahmat — marhamatidandir.(Аллоҳ) сизлар учун кеча ва кундузни унга (яъни, кечада) ором олишларингиз, (кундузи эса) Унинг фазл-ризқидан исташларингиз ва шукр қилишларингиз учун пайдо қилиб қўйгани Унинг раҳмат — марҳаматидандир.
Yaʼni, Alloh taolo Oʻz rahmati ila kechani odamlar orom topishlari uchun, kunduzni esa, Allohning fazli talabida mehnat, ish, harakat qilishlari uchun yaratgandir.
«Shoyadki, shukr keltirsangiz.»
Darhaqiqat, bu ikki narsa Alloh tomonidan odamlarga berilgan ulugʻ neʼmatdir. Odamlar bu neʼmatlar uchun beadad shukrlar aytsa, arziydi. Ammo koʻpchilik, Allohga shukr qilish oʻrniga, unga kufr-shirk keltirmoqdalar.
Ammo mushriklarni hisob-kitob qilish kuni keladi.