QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят2

أَحَسِبَ ٱلنَّاسُ أَن يُتْرَكُوٓا۟ أَن يَقُولُوٓا۟ ءَامَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Odamlar «iymon keltirdik» deyishlari ila imtihon qilinmay tark etilishlarini o`yladilarmi?Одамлар «иймон келтирдик» дейишлари ила имтиҳон қилинмай тарк этилишларини ўйладиларми?Alauddin Mansour: Odamlar: «Iymon keltirdik», deyishlari bilangina, imtihon qilinmagan hollarida, qoʻyib qoʻyilishlarini oʻyladilarmi?!Одамлар: «Иймон келтирдик», дейишлари билангина, имтиҳон қилинмаган ҳолларида, қўйиб қўйилишларини ўйладиларми?!

396-sahifa · 20-juz · 40-hizb396-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَحَسِبَoʻyladilarmiўйладилармиٱلنَّاسُodamlarодамларأَنkiкиيُتْرَكُوٓا۟tark etilishlariniтарк этилишлариниأَنsababliсабаблиيَقُولُوٓا۟deyishlariдейишлариءَامَنَّاiymon keltirdikиймон келтирдикوَهُمْva ularва уларلَاemasэмасيُفْتَنُونَimtihon qilinurlarимтиҳон қилинурлар
TafsirТафсир

Yaʼni, odamlar iymonni «ogʻiz bilangina aytib qoʻyiladigan quruq gap» deb oʻylaydilarmi? Ular, oʻzlaricha, iymon keltirdik, deb qoʻysak, ish bitdi, moʻmin boʻldik, uning savobi ham bu dunyoda, ham u dunyoda oʻz-oʻzidan kelaveradi, deb oʻylaydilarmi? Iymon soʻzidan keyin hech qanday imtihon-sinov boʻlmaydi, deb oʻylaydilarmi?

Qadimda ham, hozirda ham koʻplar iymon haqida xuddi shunday notoʻgʻri tasavvurda boʻlganlar. Ularning fikricha, Allohga iymon keltirdim, deganidan keyin hamma narsa oʻz-oʻzidan boʻlaverishi kerak.

Aslida, unday emas. Alloh taolo hamma narsaning yaxshisini yomonidan, haqiqiysini soxtasidan ajratish uchun bu dunyoda sinov-imtihon qoidasini joriy qilib qoʻygan. Maʼdanlarning asli ham oʻtga solinib, toblanganida namoyon boʻladi. Yoʻqsa, hamma maʼdan ham sirtidan maʼdan boʻlib koʻrinib turaveradi. Oʻtda sinalganda esa, haqiqiysi boshqalaridan ajrab chiqadi.

Iymon kalimasini ogʻizda aytish oson. Har kim ham, iymon keltirdim, deb aytaverishi mumkin. Ammo til bilan aytilgan kalima dildan chiqqanmi yoki yoʻqmi, buni aniqlash uchun banda sinov-imtihondan oʻtishi kerak. Bu esa, qadimdan joriy boʻlib kelayotgan odat.