QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят3

وَلَقَدْ فَتَنَّا ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۖ فَلَيَعْلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ صَدَقُوا۟ وَلَيَعْلَمَنَّ ٱلْكَـٰذِبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, batahqiq, Biz ulardan oldingilarni ham imtihondan o`tkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq bo`lganlarni ham bilajak, yolg`onchilarni ham bilajak.Ва, батаҳқиқ, Биз улардан олдингиларни ҳам имтиҳондан ўтказганмиз. Бас, Аллоҳ, албатта, содиқ бўлганларни ҳам билажак, ёлғончиларни ҳам билажак.Alauddin Mansour: Holbuki, Biz ulardan avvalgi (iymon keltirgan barcha) kishilarni imtihon qilgan edik-ku!! Bas, (shu imtihon vositasida) albatta Alloh («Iymon keltirdik», deb) rost soʻzlagan kishilarni ham, yolgʻonchi kimsalarni ham aniq bilur.Ҳолбуки, Биз улардан аввалги (иймон келтирган барча) кишиларни имтиҳон қилган эдик-ку!! Бас, (шу имтиҳон воситасида) албатта Аллоҳ («Иймон келтирдик», деб) рост сўзлаган кишиларни ҳам, ёлғончи кимсаларни ҳам аниқ билур.

396-sahifa · 20-juz · 40-hizb396-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқفَتَنَّاBiz imtihondan oʻtkazganmizБиз имтиҳондан ўтказганмизٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниمِن-dan-данقَبْلِهِمْ ۖulardan oldingiулардан олдингиفَلَيَعْلَمَنَّbas, albatta, bilajakбас, албатта, билажакٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиصَدَقُوا۟sodiq boʻlganlarniсодиқ бўлганларниوَلَيَعْلَمَنَّva albatta, bilajakва албатта, билажакٱلْكَـٰذِبِينَyolgʻonchilarniёлғончиларни
TafsirТафсир

Yaʼni, Biz iymon uchun imtihon-sinovlarga duchor boʻlayotgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummatidan oldingi moʻminlarning ham boshlariga xuddi shunday sinovlarni solganmiz.

«Bas, Alloh, albatta, sodiq boʻlganlarni ham bilajak, yolgʻonchilarni ham bilajak.»

Yaʼni, Alloh taolo, albatta, mazkur sinov va imtihon orqali iymonida sodiq turganlarni yuzaga chiqaradi, shuningdek, moʻminlik daʼvosida yurgan yolgʻonchilarni ham tanitib qoʻyadi.

Agar imtihon-sinov boʻlmasa, hamma sirtdan iymon daʼvosini qilib yuraveradi, uning soʻzining haqiqati, qalbida nima borligi hech kimga bilinmaydi. Alloh taolo bandalarining sir-asrorlaridan xabardor zot, sinov orqali bu sir-asrorlarni yuzaga chiqarib, bandalarning ham bundan xabardor boʻlishini joriy qilgan.

Iymondek ulugʻ neʼmat har kimga ham nasib qilavermaydi. Balki, bu ulugʻ neʼmatga loyiq topilganlargina erishadilar, sinovdan, imtihondan oʻtganlargina muyassar boʻladilar.

Iymon yoʻlidagi imtihonlar turlicha boʻladi. Bu imtihonlarning eng koʻp tarqalgan turi iymon yoʻlida balo-ofatlarga duchor boʻlishdir. Bunda moʻmin kishi iymoni tufayligina kofir va munofiqlarning ozor va qiynoqlariga yoʻliqadi. Azob-uqubatda qoladi. Bu xildagi sinov har bir Paygʻambar ummatidan aksarisining boshiga tushgan. Moʻminlar kofir va munofiqlarning turli-tuman jismoniy va maʼnaviy qiynoqlariga uchraganlar. Kofirlar ularni masxara qilishar, turli gap-soʻzlar bilan kamsitishar, jazolashar edi. Xuddi shunday sinovga Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgan musulmonlar ham duchor boʻldilar va duchor boʻlmoqdalar. Ushbu oyati karimalar nozil etilayotgan paytlarda sahobai kiromlardan Bilol ibn Raboh, Ammor ibn Yasir, u kishining ota-onasi, Ayyash ibn Abu Robiʼa, Valid ibn Valid, Salama ibn Hishom va boshqalar turli qiynoqlar iskanjasida edilar.

Moʻmin-musulmonlar hozirgi kunlarda ham shunaqa sinovlarga qayta-qayta uchrab turishibdi. Bunday paytda sabr qilish bilan kishining iymoni sayqal topadi.

Iymon yoʻlida koʻp uchraydigan sinov turlaridan yana biri dunyo matohi sinovidir. Iymon-Islom yoʻliga yurgan odam bu dunyoning matohidan mahrum qilib sinaladi. Islomga kirib, iymon keltirgan banda molu dunyodan, mansabdan, turli hoyi-havaslardan ajratib imtihon qilinadi. Qoʻpol qilib aytganda, moʻmin odam amal pogʻonalaridan koʻtarila olmaydi, molu dunyoga, turli imtiyozlarga ega boʻlolmaydi, chunki johiliy jamiyat halol yoʻl bilan bir narsaga erishishga yoʻl qoʻymaydi. Bu hol avvalgi Paygʻambarlar davrida ham boʻlgan, ushbu oyatlar tushayotgan paytda ham boʻlgan, hozirda ham bor.

Iymon yoʻlidagi sinov va imtihonlarning turi koʻp. Ulardan baʼzi birlari yana sura davomida keladi.

Eng muhimi shuki, kishilar qadimdan iymon yoʻlida sinov-imtihonga duchor boʻlib kelishmoqda. Shu bilan birga, kimning iymoni salobatli boʻlsa, sinovi ham shunga yarasha qilinadi.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom:

«Odamlarning eng shiddatli sinovga duchor boʻladiganlari Paygʻambarlardir. Soʻngra ahli solihlardir. Soʻngra shunga oʻxshab ketaveradi. Kishi dindorligi hajmiga qarab sinaladi. Agar dinida salobatli boʻlsa, unga sinov ham ziyoda qilinadi», deganlar.

Oxir-oqibatda imtihon-sinovlardan yaxshi oʻtib, iymonini saqlab qola olgan bandalar najot topadilar.

Moʻmin-musulmonlarga yomonlik qilganlar esa, ikki dunyoda xoru zor boʻladilar.