أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَسْبِقُونَا ۚ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki yomonliklarni qiladiganlar bizdan qochib qutulishni o`ylaydilarmi? Qilgan hukmlari qanday ham yomon-a?!Ёки ёмонликларни қиладиганлар биздан қочиб қутулишни ўйлайдиларми? Қилган ҳукмлари қандай ҳам ёмон-а?!Alauddin Mansour: Yoki yomon amallar qiladigan kimsalar Bizdan (jazoyimizdan) qochib qutulishni oʻyladilarmi?! Naqadar yomon hukm chiqaradilar-a?!Ёки ёмон амаллар қиладиган кимсалар Биздан (жазойимиздан) қочиб қутулишни ўйладиларми?! Нақадар ёмон ҳукм чиқарадилар-а?!
Iymon keltirmay, kofir boʻlib, moʻminlarga qarshi turli musiybatlar yetkazayotganlar nimani oʻylab bunday qiladilar?
«Yoki yomonliklarni qiladiganlar bizdan qochib qutulishni oʻylaydilarmi?»
Yomonlik qilaveray-chi, keyin bir yoʻlini topib, Allohning azobidan qutulib qolarman, degan hisoblari bormi? Agar ular oʻzlaricha shunday hukm qilayotgan boʻlsalar:
«Qilgan hukmlari qanday ham yomon-a?!»
Allohdan qochib qutulib boʻladimi?! U zot, albatta, har bir gunohkorga qilmishiga yarasha jazo beradi, bu gap aniq. Undan hech kim qochib qutula olmaydi.