مَن كَانَ يَرْجُوا۟ لِقَآءَ ٱللَّهِ فَإِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ لَـَٔاتٍ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Allohga ro`baro` bo`lishdan umidvor bo`lsa, albatta, Alloh belgilagan vaqt kelguvchidir. U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchidir.Ким Аллоҳга рўбарў бўлишдан умидвор бўлса, албатта, Аллоҳ белгилаган вақт келгувчидир. У ўта эшитгувчи ва ўта билгувчидир.Alauddin Mansour: Kim Allohga roʻbaroʻ boʻlishdan umidvor boʻlsa, bas, albatta, Alloh (belgilagan mukofot va jazo) fursati shak-shubhasiz, kelguvchidir. U eshitguvchi, bilguvchidir.Ким Аллоҳга рўбарў бўлишдан умидвор бўлса, бас, албатта, Аллоҳ (белгилаган мукофот ва жазо) фурсати шак-шубҳасиз, келгувчидир. У эшитгувчи, билгувчидир.
Ana oʻshanda har kim qilganiga yarasha mukofot yoki jazo oladi. Shuning uchun ham:
«Kim Allohga roʻbaroʻ boʻlishdan umidvor boʻlsa...» koʻnglini toʻq tutaversin.
«...albatta, Alloh belgilagan vaqt kelguvchidir.»
Kelmasdan qolmaydi. Albatta, keladi. Ana oʻshanda Alloh bergan vaʼdalar ham albatta amalga oshadi. Har kim bu dunyoda qilganiga yarasha mukofot yo jazo oladi. Chunki, buni vaʼda qilgan zot Allohdir.
«U oʻta eshitguvchi va oʻta bilguvchidir.»
U Oʻzining ushbu sifatlari ila bandalardan sodir boʻlgan har bir narsani eshitib, bilib turadi va oʻsha eshitgani, bilgani asosida hisob-kitob qiladi.