QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят6

وَمَن جَـٰهَدَ فَإِنَّمَا يُجَـٰهِدُ لِنَفْسِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِىٌّ عَنِ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim jihod qilsa, bas, albatta, o`z foydasi uchun jiddu jahd qilur. Albatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir.Ким жиҳод қилса, бас, албатта, ўз фойдаси учун жидду жаҳд қилур. Албатта, Аллоҳ барча оламлардан беҳожатдир.Alauddin Mansour: Kim jihod qilsa, faqat oʻz (foydasi) uchun jihod qilur (yaʼni, kim Alloh yoʻlida saʼy-harakat qilsa, bundan Alloh emas, balki oʻsha kishining oʻzi uchun manfaat boʻlur). Zero, Alloh barcha odamlardan behojatdir.Ким жиҳод қилса, фақат ўз (фойдаси) учун жиҳод қилур (яъни, ким Аллоҳ йўлида саъй-ҳаракат қилса, бундан Аллоҳ эмас, балки ўша кишининг ўзи учун манфаат бўлур). Зеро, Аллоҳ барча одамлардан беҳожатдир.

396-sahifa · 20-juz · 40-hizb396-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимجَـٰهَدَjihod qilsaжиҳод қилсаفَإِنَّمَاbas, albatta, faqatбас, албатта, фақатيُجَـٰهِدُjihod qilurжиҳод қилурلِنَفْسِهِۦٓ ۚoʻz foydasi uchunўз фойдаси учунإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَغَنِىٌّalbatta, behojatdirалбатта, беҳожатдирعَنِ-dan-данٱلْعَـٰلَمِينَbarcha olamlarбарча оламлар
TafsirТафсир

Ilgari ham aytib oʻtilganidek, «jihod» soʻzi bir narsaga erishish uchun bor imkonni ishga solib tirishish maʼnosini ifodalaydi. Demak, iymon yoʻlida kim jihod qilsa, bor imkonini ishga solib tirishsa, oʻzi uchun tirishgan boʻladi. Chunki, Allohga bundan hech bir manfaat kelmaydi. Alloh behojat zotdir, bandalarning iymon yoʻlida qiladigan jihodlaridan ham behojatdir. Ularning bu yoʻldagi saʼy-harakatlari faqat oʻzlari uchundir.

Soʻnggi ikki oyati karima insoniyatga Islom dinining eng yuksak gʻoyasi va eng yuksak vazifasini tanitmoqda. Eng yuksak gʻoya– Allohga roʻbaroʻ boʻlishdir. Eng yuksak vazifa esa, Alloh belgilagan ajal vaqti kelgunicha, Islom yoʻlida jihod qilishdir.

Ularning qilgan jihodlari hech zoye ketmas.