وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَنُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَحْسَنَ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarning yomonliklarini albatta o`chirurmiz va ularni qilgan amallarining eng yaxshisi ila mukofotlarmiz.Иймон келтириб, яхши амаллар қилганларнинг ёмонликларини албатта ўчирурмиз ва уларни қилган амалларининг энг яхшиси ила мукофотлармиз.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarning yomonliklarini (yaʼni, avval qilgan gunohlarini) shak-shubhasiz, oʻchirurmiz va albatta ularni qilib oʻtgan eng chiroyli amallari bilan mukofotlarmiz.Иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларнинг ёмонликларини (яъни, аввал қилган гуноҳларини) шак-шубҳасиз, ўчирурмиз ва албатта уларни қилиб ўтган энг чиройли амаллари билан мукофотлармиз.
Yaʼni, moʻmin-musulmonlar koʻngillari toʻq boʻlib, iymonlarida sobit turaversinlar. Ular, iymonlari, iymon yoʻlidagi sinovlarga bardosh berganlari, yaxshi amallarni qilganlari uchun albatta yuqori darajalarga erishadilar. Ikki tomonlama erishadilar. Avvalo:
«Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarning yomonliklarini albatta oʻchirurmiz».
Bandalik ila qilgan gunohlari boʻlsa, iymonlari va qilgan yaxshi amallari tufayli Alloh taolo ularni oʻchiradi. Gunohlari uchun jazoga tortilmaydilar.
Ikkinchidan:
«...ularni qilgan amallarining eng yaxshisi ila mukofotlarmiz».
Yaʼni, mukofot berilganida ham, oddiy yoki oʻrtacha emas, eng yaxshi amallarining mukofoti beriladi.
Shunday ekan, moʻminlar iymon yoʻlidagi jihodlarida sobitqadam boʻlsinlar, iymon yoʻlidagi sinov va imtihonlarga, balo- ofatlarga sabr qilsinlar.
Iymon yoʻlidagi sinovlarning bir turi aqrabolar tufayli boshga solinishi mumkin. Iymon, Islom yoʻliga yurish qarindosh-urugʻlar bilan boʻladigan aloqalarga, ularning manfaatlariga zid kelib, u yoki bu yoʻldan birini tanlash masalasi koʻndalang boʻlib qolishi mumkin. Bunday paytda nima qilish kerak?