QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят23

وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَلِقَآئِهِۦٓ أُو۟لَـٰٓئِكَ يَئِسُوا۟ مِن رَّحْمَتِى وَأُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning oyatlariga va Unga ro`baro` bo`lishga kufr keltirganlar, ana o`shalar Mening rahmatimdan noumid bo`ldilar. Ana o`shalarning o`zlariga alamli azob bor.Аллоҳнинг оятларига ва Унга рўбарў бўлишга куфр келтирганлар, ана ўшалар Менинг раҳматимдан ноумид бўлдилар. Ана ўшаларнинг ўзларига аламли азоб бор.Alauddin Mansour: Allohning oyatlarini va Unga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilgan kimsalar ular Mening marhamatimdan noumid (mahrum) boʻlgan kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir.Аллоҳнинг оятларини ва Унга рўбарў бўлишни инкор қилган кимсалар улар Менинг марҳаматимдан ноумид (маҳрум) бўлган кимсалардир ва улар учун аламли азоб бордир.

398-sahifa · 20-juz · 40-hizb398-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva kimlarkiва кимларкиكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларبِـَٔايَـٰتِoyatlarigaоятларигаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَلِقَآئِهِۦٓva Unga roʻbaroʻ boʻlishgaва Унга рўбарў бўлишгаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларيَئِسُوا۟noumid boʻldilarноумид бўлдиларمِن-dan-данرَّحْمَتِىMening rahmatimМенинг раҳматимوَأُو۟لَـٰٓئِكَva ana oʻshalarningва ана ўшаларнингلَهُمْoʻzlarigaўзларигаعَذَابٌazob borазоб борأَلِيمٌۭalamliаламли
TafsirТафсир

Ha, ikki dunyoda faqat kofirgina Allohning rahmatidan noumid boʻladi. Chunki, u oʻzining kofirligi tufayli, Alloh bilan boʻlgan aloqasini uzadi. Allohning oyatlariga kufr keltirish bilan saodatga yetaklovchi manbalardan ham aloqasini uzadi. Allohga qiyomat kunida roʻbaroʻ boʻlishga kufr keltirgani uchun, yomonlikdan qaytaruvchi, yaxshilikka undovchi omildan-da mahrum boʻladi. Oqibatda Allohning rahmatidan noumid boʻlish nuqtasigacha borib yetadi.

«Ana oʻshalarning oʻzlariga alamli azob bor.»

Allohning rahmatidan noumid kofirdan boshqa yana kimga alamli azob boʻlishi mumkin?!

Xoʻsh, Ibrohim alayhissalomning yuqoridagi daʼvatlariga qavmlari qanday javob berdi?