فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ ٱقْتُلُوهُ أَوْ حَرِّقُوهُ فَأَنجَىٰهُ ٱللَّهُ مِنَ ٱلنَّارِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning qavmining javobi: «Uni o`ldiringlar yoki o`tda yoqinglar!» deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi. Bas, Alloh uni o`tdan qutqardi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.Унинг қавмининг жавоби: «Уни ўлдиринглар ёки ўтда ёқинглар!» дейишларидан бошқа нарса бўлмади. Бас, Аллоҳ уни ўтдан қутқарди. Албатта, бунда иймон келтирадиган қавмлар учун оят-белгилар бордир.Alauddin Mansour: Bas, (Ibrohimning daʼvatiga) qavmining javobi faqat: «Uni oʻldiringlar yoki yoqib yuboringlar», deyishlari boʻldi. Soʻng Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Бас, (Иброҳимнинг даъватига) қавмининг жавоби фақат: «Уни ўлдиринглар ёки ёқиб юборинглар», дейишлари бўлди. Сўнг Аллоҳ унга оловдан нажот берди. Албатта бунда иймон келтирадиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
Ibrohim alayhissalomdan ilohiy daʼvatni eshitgan qavm, labbay, deb javob berish oʻrniga, Paygʻambarlarini oʻtda yoqib oʻldirishga qaror qildilar. Ul zotni tutib kelib, katta gulxan ichiga otdilar.
«Bas, Alloh uni oʻtdan qutqardi.»
Alloh taolo oʻtga: «Ibrohim uchun sovuq va salomatlik boʻl!» deb amr etdi. Ichiga tushgan narsani yondirish, kuydirish xususiyatiga ega boʻlgan oʻt-olov Allohning amriga itoatan Ibrohim alayhissalomni kuydirmadi, salqin va salomatlik joyi boʻlib kutib oldi.
«Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.»
Allohning dini yoʻlida, iymon yoʻlida turli sinovlarga sabr qilgan bandalarga Alloh taoloning Oʻzi najot berishi muqarrar ekanini shundan ham bilib olsa boʻladi. Agar Alloh xohlasa, bandasini ulkan olov ichida ham zarracha zarar yetkazmay, salomat saqlab qolishi mumkin ekan. Demak, iymon yoʻlida yurish oson emas. Iymon uchun, din-diyonat uchun azob-uqubat tortish Paygʻambarlardan, jumladan, Ibrohim alayhissalomdan qolgan sharafli meros ekanini ham anglamoq lozim. Ha, bu hodisada koʻplab oyat-belgilar bor.
Keyingi oyatda Ibrohim alayhissalom oʻtdan qutulib chiqqanlaridan soʻng qavmlariga aytgan gaplari keltiriladi: