QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят25

وَقَالَ إِنَّمَا ٱتَّخَذْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَـٰنًا مَّوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ ثُمَّ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُم بِبَعْضٍ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُم بَعْضًا وَمَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّـٰصِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Sizlar, albatta, hayoti dunyodagi o`zaro do`stligingiz uchun Allohni qo`yib, butlarni tutdingiz. So`ngra, qiyomat kunida ba'zingiz ba'zingizga kufr keltirursiz va ba'zingiz ba'zingizni la'natlarsiz. Va joyingiz do`zaxdir. Hamda sizga nusrat berguvchilar bo`lmas.У: «Сизлар, албатта, ҳаёти дунёдаги ўзаро дўстлигингиз учун Аллоҳни қўйиб, бутларни тутдингиз. Сўнгра, қиёмат кунида баъзингиз баъзингизга куфр келтирурсиз ва баъзингиз баъзингизни лаънатларсиз. Ва жойингиз дўзахдир. Ҳамда сизга нусрат бергувчилар бўлмас.Alauddin Mansour: Ibrohim aytdi: «Sizlar faqat hayoti dunyodagi oʻzaro oshna-ogʻaynigarchiligingizni koʻzlab, Allohni qoʻyib, butlarni ushladinglar. Hali Qiyomat Kunida ayrimlaringiz (yaʼni, peshvolaringiz) ayrimlaringizdan (ergashuvchilardan) tonur, ayrimlaringiz ayrimlaringizni laʼnatlar. Sizlarning borar joyingiz doʻzaxdir. (U joyda) sizlar uchun yordamchilar yoʻqdir».Иброҳим айтди: «Сизлар фақат ҳаёти дунёдаги ўзаро ошна-оғайнигарчилигингизни кўзлаб, Аллоҳни қўйиб, бутларни ушладинглар. Ҳали Қиёмат Кунида айримларингиз (яъни, пешволарингиз) айримларингиздан (эргашувчилардан) тонур, айримларингиз айримларингизни лаънатлар. Сизларнинг борар жойингиз дўзахдир. (У жойда) сизлар учун ёрдамчилар йўқдир».

399-sahifa · 20-juz · 40-hizb399-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَقَالَva dediва дедиإِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱتَّخَذْتُمtutdingizтутдингизمِّنqoʻyibқўйибدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohniАллоҳниأَوْثَـٰنًۭاbutlarniбутларниمَّوَدَّةَmavaddat uchunмаваддат учунبَيْنِكُمْoʻzaro orangizdagiўзаро орангиздагиفِى-da-даٱلْحَيَوٰةِhayotiҳаётиٱلدُّنْيَا ۖdunyodagiдунёдагиثُمَّsoʻngraсўнграيَوْمَkunidaкунидаٱلْقِيَـٰمَةِqiyomatқиёматيَكْفُرُkufr keltirurкуфр келтирурبَعْضُكُمbaʼzingizбаъзингизبِبَعْضٍۢbaʼzingizgaбаъзингизгаوَيَلْعَنُva laʼnatlarва лаънатларبَعْضُكُمbaʼzingizбаъзингизبَعْضًۭاbaʼzingizniбаъзингизниوَمَأْوَىٰكُمُva joyingizва жойингизٱلنَّارُdoʻzaxdirдўзахдирوَمَاva emasва эмасلَكُمsizgaсизгаمِّنhechҳечنَّـٰصِرِينَnusrat berguvchilarнусрат бергувчилар
TafsirТафсир

Mushriklar nima uchun Alloh taoloni qoʻyib butlarni, yogʻochdan oʻyib ishlangan haykallarni iloh tutadilar? Ular haqiqatan ham ibodatga sazovor boʻlgani uchun shunday qiladilarmi? Asl eʼtiqodlari shumi oʻzi? Yoki biror hujjat-dalillari bormi? Albatta, yoʻq. Yogʻochdan oʻyilgan jonsiz haykallar haqiqiy iloh ekaniga hech qanday dalil-hujjat yoʻq. Mushriklarning oʻzi ham buni yaxshi biladilar. Ularning ushbu jonsiz haykallarga topinishlarining boshqa sababi bor. Bu sabab ushbu oyatda zikr qilinmoqda. Unda Ibrohim alayhissalom tillaridan:

«Sizlar, albatta, hayoti dunyodagi oʻzaro doʻstligingiz uchun Allohni qoʻyib, butlarni tutdingiz», deyilmoqda.

Demak, oʻzaro doʻstlik, muhabbat, mulozamat koʻrsatish, bir-birlariga muvofiq ekanliklarini bildirish uchun Allohni qoʻyib, butlarga yuzlanganlar. Qadimdan butlarga ibodat qilib kelingan, oʻrganib qolingan, agar boshqaga yuzlansak, sheriklarimiz bizdan xafa boʻlishadi, deb oʻzlaricha bir-birlarining rioyalarini qilib, gap-soʻz koʻpaymasin uchungina sigʻinadilar. Lekin bu ishlarni hayoti dunyo uchun qiladilar. Oxiratda hamma narsa oshkor boʻlganida bir- birining rioyasini qilishga, bir-biriga xushomad etishga oʻrin qolmaydi.

«Soʻngra qiyomat kunida baʼzingiz baʼzingizga kufr keltirursiz va baʼzingiz baʼzingizni laʼnatlarsiz.»

Qiyomat kuni azob koʻz oldingizda namoyon boʻlganida bir-biringizni inkor qila boshlaysiz, bir-biringizni laʼnatlashga turasiz. Ammo endi kech boʻladi.

Endi sizning:

«Joyingiz doʻzaxdir. Hamda sizga nusrat berguvchilar boʻlmas».

Qilmishingizga yarasha jazoingizni tortaverasiz.