QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят26

۞ فَـَٔامَنَ لَهُۥ لُوطٌ ۘ وَقَالَ إِنِّى مُهَاجِرٌ إِلَىٰ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, unga Lut iymon keltirdi va: «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman. Albatta, U Aziyz va Hakiymdir», dedi.Бас, унга Лут иймон келтирди ва: «Албатта, мен Роббимга ҳижрат қилгувчиман. Албатта, У Азийз ва Ҳакиймдир», деди.Alauddin Mansour: Bas, Lut unga iymon keltirdi. (Ibrohim) aytdi: «Albatta men Parvardigorim (buyurgan tomon)ga hijrat qilguvchidirman. Albatta Uning Oʻzigina qudrat va hikmat Egasidir».Бас, Лут унга иймон келтирди. (Иброҳим) айтди: «Албатта мен Парвардигорим (буюрган томон)га ҳижрат қилгувчидирман. Албатта Унинг Ўзигина қудрат ва ҳикмат Эгасидир».

399-sahifa · 20-juz · 40-hizb399-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ فَـَٔامَنَbas, iymon keltirdiбас, иймон келтирдиلَهُۥungaунгаلُوطٌۭ ۘLutЛутوَقَالَva dediва дедиإِنِّىalbatta, menалбатта, менمُهَاجِرٌhijrat qilguvchimanҳижрат қилгувчиманإِلَىٰ-ga-гаرَبِّىٓ ۖRobbimgaРоббимгаإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, УهُوَU OʻziУ Ўзиٱلْعَزِيزُazizdirазиздирٱلْحَكِيمُhakimdirҳакимдир
TafsirТафсир

Yaʼni, Ibrohim alayhissalomga Lut iymon keltirdi. Lut alay- hissalom Ibrohim alayhissalomga jiyan boʻlar edi. Lut alayhissalom amakilari Ibrohim alayhissalomga iymon keltirgan birinchi odam boʻldilar. Shuningdek, Ibrohim alayhissalomga xotinlari Bibi Sora ham iymon keltirgan edilar.

Tafsirchi ulamolarimiz oyatdagi

«Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman» jumlasini kim aytgani toʻgʻrisida ikki xil fikr bildirganlar. Baʼzilari, bu gapni Lut alayhissalom aytgan, desalar, koʻplari, Ibrohim alayhissalom aytgan, deydilar. Nima boʻlganda ham, Allohga hijrat qilish, dunyodagi barcha narsani tashlab, Alloh taologa tomon intilish tuygʻusi Ibrohim alayhissalomda ham, Lut alayhissalomda ham kuchli boʻlgan. Alloh taoloning aziz–gʻolib, barchadan ustun ekanligiga va har narsani hikmat bilan qilishiga ishonchlari ham yuqori darajada boʻlgan.

Hamma narsadan kechib, faqat Allohni deganlari uchun ham Alloh taolo ularga barcha yaxshiliklarni kutganlaridan ziyoda qilib bergan.