QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ankabut surasi · Oyatсураси · Оят27

وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ وَجَعَلْنَا فِى ذُرِّيَّتِهِ ٱلنُّبُوَّةَ وَٱلْكِتَـٰبَ وَءَاتَيْنَـٰهُ أَجْرَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz unga Is'hoqni va Ya'qubni baxsh etdik va Payg`ambarlik hamda kitobni uning zurriyotida bo`ladigan qildik. Unga bu dunyoda ajrini berdik. Albatta, u oxiratda solihlardan bo`lgay.Биз унга Исҳоқни ва Яъқубни бахш этдик ва Пайғамбарлик ҳамда китобни унинг зурриётида бўладиган қилдик. Унга бу дунёда ажрини бердик. Албатта, у охиратда солиҳлардан бўлгай.Alauddin Mansour: Biz (Ibrohimga oʻgʻli) Ishoq va (nabirasi) Yaʼqubni hadya etdik hamda paygʻambarlikni ham (barcha samoviy kitoblar)ni ham uning zurriyotiga (xos) qildik va unga shu dunyoda ham ajri-mukofotini berdik, albatta u Oxiratda ham solih zotlardandir.Биз (Иброҳимга ўғли) Исҳоқ ва (набираси) Яъқубни ҳадя этдик ҳамда пайғамбарликни ҳам (барча самовий китоблар)ни ҳам унинг зурриётига (хос) қилдик ва унга шу дунёда ҳам ажри-мукофотини бердик, албатта у Охиратда ҳам солиҳ зотлардандир.

399-sahifa · 20-juz · 40-hizb399-саҳифа · 20-жуз · 40-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَوَهَبْنَاva Biz baxsh etdikва Биз бахш этдикلَهُۥٓungaунгаإِسْحَـٰقَIshoqniИсҳоқниوَيَعْقُوبَva Yaqubniва Яқубниوَجَعَلْنَاva qildikва қилдикفِى-da-даذُرِّيَّتِهِuning zurriyotidaунинг зурриётидаٱلنُّبُوَّةَPaygʻambarlikniПайғамбарликниوَٱلْكِتَـٰبَva kitobniва китобниوَءَاتَيْنَـٰهُva unga berdikва унга бердикأَجْرَهُۥajriniажриниفِى-da-даٱلدُّنْيَا ۖbu dunyodaбу дунёдаوَإِنَّهُۥva albatta, uва албатта, уفِى-da-даٱلْـَٔاخِرَةِoxiratdaохиратдаلَمِنَalbatta, -danалбатта, -данٱلصَّـٰلِحِينَsolihlarсолиҳлар
TafsirТафсир

Yaʼni, biz Ibrohimga oʻgʻil qilib Ishoqni, nabira qilib Yaʼqubni hadya etdik. Ortidan zurriyotini uzilmaydigan qilib qoʻydik. Shu bilan birga, uning sulolasiga Paygʻambarlik va ilohiy kitobni xos qilib qoʻydik.

Darhaqiqat, barcha Paygʻambarlar Ibrohim alayhissalomning zurriyotlaridir. Shuning uchun ham, Ibrohim alayhissalom «Abul Anbiyo» («Paygʻambarlarning otasi») deb ataladilar. Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni ixloslariga yarasha, Alloh yoʻlida tortgan mashaqqatlariga mos ravishda mukofotladi. U kishiga avlodlar sulolasini berdi hamda Paygʻambarlik martabasini va ilohiy kitob tushishini ularga xos qildi. Shu bilan birga:

«Unga bu dunyoda ajrini berdik».

Yaʼni, uni taqdirlash faqat zurriyoti orqali boʻlmadi. Balki unga shu dunyoning oʻzida ajri berildi. Eng muhimi:

«Albatta, u oxiratda solihlardan boʻlgay».

Hamma havas qilsa, arzigulik mukofot! Alloh yoʻlidagi, iymon, dinu diyonat yoʻlidagi sinovlarga sabr qilish ana shunday ulugʻ natijalar beradi.

Shunday sabr namunalaridan birini quyidagi oyatlarda hikoya qilinajak Lut alayhissalom qissalarida ham koʻramiz: