وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا فَقَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱرْجُوا۟ ٱلْيَوْمَ ٱلْـَٔاخِرَ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Madyanga birodarlari Shu'aybni (yubordik). Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, oxirat kunidan umidvor bo`ling va yer yuzida buzg`unchilik ila harakat qilib yurmang», dedi.Ва Мадянга биродарлари Шуъайбни (юбордик). Бас, у: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилинг, охират кунидан умидвор бўлинг ва ер юзида бузғунчилик ила ҳаракат қилиб юрманг», деди.Alauddin Mansour: Madyan (qavmi)ga oʻz birodarlari Shuʼaybni (paygʻambar qildik). Bas, u aytdi: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilingiz va Oxirat kunidan umidvor boʻlingiz hamda Yer (yuzi)da buzgʻunchilik qilib sanqib yurmangiz!»Мадян (қавми)га ўз биродарлари Шуъайбни (пайғамбар қилдик). Бас, у айтди: «Эй қавмим, Аллоҳга ибодат қилингиз ва Охират кунидан умидвор бўлингиз ҳамда Ер (юзи)да бузғунчилик қилиб санқиб юрмангиз!»
«Madyan» Shuayb alayhissalom qavmidagi suvning nomi boʻlib, keyinchalik yurtlari ham shu nom bilan atalib qolgan. Madyanliklar, aslida, arab boʻlganlar. Ularning diyori Aqoba koʻrfazidan Turi Siynogacha choʻzilgan. Shuayb alayhissalom esa, Ibrohim alayhissalomning zurriyotlaridan chiqqan arablardandirlar.
Vaqti-soati kelib, Alloh taolo Shuayb alayhissalomni oʻz qavmlariga Paygʻambar qilib yubordi. U kishi qavmlarini iymonga daʼvat etib:
«Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, oxirat kunidan umidvor boʻling va yer yuzida buzgʻunchilik ila harakat qilib yurmang», dedi».
Bu soʻzlar Allohning barcha Paygʻambarlari keltirgan daʼvat manbai bir ekanini koʻrsatadi. Ularning hammalari qavmlarini Allohga ibodat qilishga va oxirat kunidan umidvor boʻlishga undaganlar. Shuningdek, yer yuzida buzgʻunchilik qilishdan qaytarganlar. Mana, oʻsha Paygʻambarlardan biri boʻlmish Shuayb alayhissalom ham qavmlariga ayni shu daʼvatlar ila xitob qilyaptilar. Lekin qavm u kishining daʼvatini qabul etmadi.